Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Qanday qilib golurar hujumchiga aylanish mumkin?

Qanday qilib golurar hujumchiga aylanish mumkin?

Baho:
+ | -

O‘tgan safargi yozganlarim ustidan eng qiziquvchan va zukko o‘quvchimdan shikoyat tushdi. Bu qanaqa shikoyat deysizmi? Aytaman: —  Siz futbolga oid eng dolzarb masalalarni ming marta qog‘ozga o‘rab, keyin shu tomonga ishora berayapsiz. O‘quvchilarni saviyasini ham hisobga oling. Hamma tushunadigan tilda, sal ochiqroq yozing.

—  Xo‘p, mayli. Unda, futbolni qanday tushunsam shundayligicha bayon qilganim bo‘lsin!

Futbolda gol urish velosiped haydashdek oson ish! Men mubolag‘a qilmayapman. Hazillashmayapman! Ammo bugungi kunda hujumchilarimiz nima uchundir, «gol urish juda qiyin ish», —  deb nolishadilar. Va buning natijasida hujumchining gol urish qobiliyati qiyinchiliklar va muammolar bilan mahkam bog‘lanib qolishini xayollariga ham keltirishmaydilar. Ko‘pchilik hujumchilarimiz o‘zlarini bilmay turib, o‘ziga pand berib qo‘yib, keyin hayron bo‘lib yuradi: «menda hech narsa chiqmayapti yoki bo‘lmayapti». Men ularga shunday degan bo‘lardim: «Sizda hammasi bor va bo‘ladi».

Futbolchining tanasi ruhiy tomondan berilgan bu buyruqni qonun sifatida qabul qiladi va buning natijasida hujumchilarimiz gol urish imkoniyatlarini ko‘kka sovurib, boshini changallab yuraveradilar. Hujumchini qanday hujumchi bo‘lishini uning ruhiy dasturi belgilab beradi. Bu ko‘p jihatdan hujumchi o‘zini qanday dasturlashiga bog‘liq.

O‘zbek futbolida ko‘plab beqiyos iqtidor sohiblari, hujumchilarimiz bo‘lgan. Bular: Gennadiy Krasniskiy, Birodar Abduraimov, To‘lagan Isoqov, Vladimir Fyodorov, Igor Shkvirin, Azamat Abduraimov, Shuhrat Maqsudov, Jafar Irismetov, Dilmurod Nazarov, Oleg Shaskix, Maksim Shaskix, Baxtiyor Davlatov, No‘’mon Hasanov, Rustam Durmonov, Ravshan Bozorov, Umid Isoqov, Baxtiyor Hamidullayev, Zafar Xolmurodov, Anvar Berdiyev, Shuhrat Mirxoldorshoyev va boshqalar…

Bu hujumchilarimizdan ko‘proq «jonli» tarzda Igor Shkvirin, Azamat Abduraimov, Jafar Irismetov, Maksim Shaskix, Anvar Berdiyev va Zafar Xolmurodov o‘yinlarini katta qiziqish bilan kuzatganman.Bu hujumchilarimiz gol urish qobiliyati yoki golni sezish qobiliyatiga qarab bir–biridan keskin farq qiladi. Muhimi qanday qilib gol urish emas, eng muhimi ularda samaradorlik bor edi. Ular bu samaradorlikni qanday qilib qo‘lga kiritishdi?

Agar bu hujumchilarimizdan bunchalik «samaradorlik»ning boisini so‘rasangiz, ular bu «narsa»larni bizga tushuntirib bera olishmaydi. Nima uchun? Shuning uchunki, har bir Ustaning o‘z «haqiqat»i bo‘ladi. Demak, ular o‘z tajribasini, o‘z «kashfiyot»ini, o‘z «haqiqat»ini boshqa birovga bera olishmaydi. Bu xuddi biror bir shoir yoki bastakor o‘z ilhomini boshqa birovga bera olmagandek. Chunki, mingta hujumchini yoki mingta Ustani uchratsangiz har bir Ustaning o‘z shaxsiy «haqiqat»i, o‘z shaxsiy tajribasi bo‘ladi. «Haqiqat»ni hech bir holatda, hech qanday usul bilan berish mumkin emas. Ular o‘z «haqiqat»lari nimadan iborat ekanligini tushuntirib bera olishmaydi. Agar ular o‘z «haqiqat»lari nimadan iborat ekanligini bilishganida va boshqa birovga bera olishganida, o‘zbek futboli hujumchilarga to‘lib ketardi.

Qo‘shimcha tarzda tushuntiraman. Bu Usta Futbolchilar sizga ko‘proq mashq qilishni yoki to‘pni qay vaziyatda qanday tepishni urgatishi mumkindir. Ammo ular o‘sha gol urgan vaziyatlardagi kayfiyatini yoki holatini, «haqiqat»ini tushuntirib bera olishmaydi.

«Haqiqat»ni o‘zi nima va bunga qanday  erishish mumkin? Nima uchun «Haqiqat» so‘zini qo‘shtirnoq  ichiga olib yozayapman? «Haqiqat» o‘zi nimadan iborat? Mana shuni ko‘rib chiqamiz.

O‘zingizga ma’lumki, har bir inson tanasini AQL boshqaradi. Aql esa ikkita tarkibiy qismdan, ONG va Botiniy ONG (chuqur ong yoki jo‘nroq tushuntirsam, g‘oyibona Ong)dan iboratdir. Bu ikki tushuncha fanga ma’lum. Ong jismoniy tanamizga tegishli bo‘lgan beshta sezgi organimiz:  ta’m bilish, hid bilish, ushlab his qilish, eshitish va ko‘rish orqali keladigan ma’lumotlar asosida inson tanasini boshqaradi. Botiniy ong esa ruhiy qismingizdan keladigan «ma’lumot»lar asosida tanani boshqaradi. Botiniy ong o‘zida insoniy aql va Oliy Aql o‘rtasidagi bo‘g‘inni tashkil etadi, u – vositachi bo‘lib, uning yordamida biz cheksiz ILMdan ulush olaveramiz. Bizning aqliy salohiyatga moyil xatti–harakatlarimiz ruhiyga aylanadi.

Shunday qilib, siz botiniy ongni boshqarmoqchisiz yoki uning imkoniyatlaridan foydalanmoqchisiz. Ammo botiniy ong osongina kiriladigan auditoriya emas. Siz uning tilini bilishingiz kerak, aks holda sizni hech kim eshitmaydi. Bu auditoriyaga qanday qilib kirsa bo‘ladi? Bu eshikdan kirish imkoni bormi? Albatta, bor!

Xudodan kelgan ILM bor! Xudo hamma insonga bir xil imkoniyat yaratib qo‘yibdi. Shunchaki, ongsiz ravishda, tasodifan bu ILMdan foydalanishni o‘zi uchun kashf qilgan insonlar bor va bu ILMdan foydalana olmaydigan insonlar bor, xolos. Aslini olganda har bir inson Buyuk Iqtidor sohibidir!

Futbolchining shunday «ruhiy holat»i bor-ki, u bu cheksiz Ilmdan ulush olishi mumkin. Bu umuman boshqa Olam.  Bu «ruhiy holat»ni hohlasangiz, «boshqa o‘lcham dunyosining darvoza»si deb atashingiz mumkin. Istasangiz, «dunyolar oralig‘idagi yo‘lak» yoki «transportyor», «ko‘targich» deb atash mumkin, qanday hohlasangiz shunday atayvering. Bu bilan asl mohiyat o‘zgarib qolmaydi.

Aytganday, «Olovuddinning sehrli chirog‘i» degan nom ham to‘g‘ri keladi. Faqat yaxshi jin rolini o‘ynash hujumchilarimizga berilgan.

Futbolchi maydonda futbol o‘ynaganida har doim, har soniya tanlov qarshisida turadi. U ko‘plab variantlar ichidan eng to‘g‘ri variantni qachon tanlaydi?  Qachonki, u mana shu «ruhiy holat»ga kirgandagina eng to‘g‘ri variantlarni ketma-ket, poyma-poy tanlay boshlaydi. Uning har bir qabul qilgan qarori eng to‘g‘ri qaror bo‘lib chiqadi. Demak, bu holatda o‘sha Botiniy ONG tanangizni boshqaradi.

Bu «ruhiy holat»ga ongli tarzda qanday qilib kirish mumkin? Bu «holat»ga kirish uchun nimani va qanday mashq qilish mumkin? U yog‘ini ham bilishni istaysizmi? Siz barcha – barchasini  birdaniga bilishni hohlaysiz. Qarang–a , qanaqa tirishqoq insonsiz. Qanchalik tirishqoq  ekanligingizni hali o‘zingiz ham bilmasmidingiz!

Men o‘z chiqishlarimda,  futbolchining jismoniy va boshqa tayyorgarliklari bilan bir qatorda «ruhiy tayyorgarligi»ga  e’tiborni jalb qilishga urinayapman. Tan olaman, bu men kutgan natijani bergani yo‘q.  Yoki tushunishmayapti yoki tushunishni hohlashmayapti. Ammo bu holat urinishlarimizni chegaralay olmaydi. Chunki, men ham sizdek o‘zbek futbolining shaydosiman. Men har qanday futbolchiga va jamoaga bu borada yordam berishga tayyorman.  Bunga mening bilimim va salohiyatim yetarli. Murojaat qilavering.

Bu «ruhiy holat»ga kirganingizda «ma’lumot»lar oqimi xuddi qor ko‘chkisidek sizni bosadi. «Ma’lumot»lar oltinchi sezgi ko‘rinishida sizga namoyon bo‘ladi. Tabiiy  ravishda sizda savol tug‘iladi: bu «ma’lumot»lar nimalardan iborat?

Siz to‘pni, maydonni, raqib futbolchilari, jamoadoshlaringiz tanasini, ularning maydondagi joylashuvini va maydondagi vaziyatni butun borlig‘ingiz bilan his qila boshlaysiz. Aynan his qila boshlaysiz! Siz «ko‘ra» boshlaysiz! Yumronqoziq o‘z inida nima qilayotganini emas, aynan siz raqib futbolchilarining fikrini oldindan o‘qiysiz, uning nima qilmoqchi ekanligini oldindan bilasiz va sizda uning harakatlariga qarshi harakat tizimi avtomatik tarzda ishga tushadi. Siz har doim raqiblardan bir soniyaga va bir qadam oldinda bo‘lasiz. Har bir vaziyatda siz qanday qarorga kelishingizni ular ko‘ra olishmaydi. Bu xuddi siz yorug‘likka chiqib, baland tepalikda bo‘lib qolganga uxshaysiz  yoki bu xuddi, siz o‘zingizni «ko‘rlar jamoasi»dagi «ko‘zi ochiq» odamdek his qilasiz. Ayni mana shu «holat»da gol ham, futbolchining yuksak texnikasi ham bor!  Albatta, hujumchining intellekti yarim himoyachinikidan farq qiladi. Hujumchi raqib jarima maydoni va himoyachilari ichida qo‘laylikni va lazzatni his qilishi shart.

Sezgilarni «eshitish» kerak, tushunarlimi?!
 Sizning oladigan javoblaringiz so‘z kurinishida yoki tovonni jivirlashi, ko‘ltiq tagi qitiqlanishi ko‘rinishida bo‘lmaydi, sezgi ko‘rinishida, qalbdagi ichki intilish, ichki istak tarzida bo‘ladi!

Ey, Xudoyim! Bu narsalarni yana qanday qilib besunaqay so‘zlar yordamida to‘la–to‘kis bayon etish mumkin?!

Ishontirib aytamanki, o‘zingizda ham ichki sezgi ochilgandan keyin, bu sezgilarni aniq so‘zlar bilan tushuntirib bera olmaysiz. Ularni juda shartli ravishda faqat bizning «ha» va «yo‘q», «to‘g‘ri» va «noto‘g‘ri», «oq» va «qora»larga tenglashtirish mumkin. Chunki biz BILIMni, ya’ni ko‘z bilan ko‘radigan, quloq bilan eshitadigan narsalarni dunyoning barcha tillarida tushuntirib berishimiz mumkin. Ammo ILMning «tili» insoniyat tomonidan hali o‘ylab topilgani yo‘q. Menimcha, shu ILMning tili o‘zbek tilida chiqadi-yov…

Agar siz bu sezgini ozmi-ko‘pmi tinglashni o‘rganib olganingizdan so‘ng, o‘zingizni naqadar qudratli futbolchi ekanligingizni his qilasiz. Ana shunda siz ko‘pchilik futbolchilar, yo tavba, butkul teskarisiga futbol o‘ynayotganini ko‘ra olasiz. Buning uchun katta aqlning keragi ham yo‘q. O‘sha sizdagi aql qancha bo‘lsa, ushaning o‘zi yetadi, ya’ni bu yerda aynan aql kerak narsa emas.

Bizga aynan Ong va Botiniy Ongdan keladigan «ma’lumotlar»ni ajrata bilish muhim. Va mana shu Ongni, ya’ni «aql»ni vaqtincha javrashdan to‘xtatib, barcha e’tiborni sezgiga qaratish lozim. Bor-yo‘g‘i shu!

Futbolga,«kerakli paytda kerakli joyda paydo bo‘lish» atamasini gollandiyalik afsonaviy hujumchi Yoxan Kroyf iste’molga olib kirgan. U juda ham zakovatli va «hujumchi» falsafasini tushunib yetgan futbolchi bo‘lgan. Shunchaki u o‘zining boshidan kechirgan ruhiy jarayonlarni mantiqan ta’riflashga harakat qilgan, xolos. Shunga o‘xshash bir qancha iqtiboslarni keltiraman:

«Men o‘ylamayman, shunchaki harakatlanaman».
Terri Anri.

«Men o‘z sezgilarimga tayangan holda futbol o‘ynayman».
Leonel Messi.

«Men uchun dunyodagi eng yoqimli ovoz, bu gol urganimda to‘p bilan to‘r o‘rtasida chiqadigan ovozdir».
Ruud van Nestelroy.


Futbolchining mo‘’jizakorligi uning aynan mana shu «ruhiy holat»ga kirishi bilan izohlanadi.

Mahmayusuf Berdiyev.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:10, 16.07.2017.
O'qildi: 9308 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.