Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Uzbek United jamoasi Myunxendagi xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi

Uzbek United jamoasi Myunxendagi xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi

Baho:
+ | -

Germaniyaning Myunxen shahrida tahsil olayotgan, shuningdek, kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan o‘zbekistonliklardan tashkil topgan Uzbek United futbol jamoasi xalqaro turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Hochschule Augsburg institutining o‘zbekistonlik talabasi Abdurashid Nasriddinov «Daryo»ga ma’lum qildi.

Xalqaro turnirga bir necha yillardan buyon München Kickers 06 jamoasi mezbonlik qiladi. 11-bor o‘tkazilgan musobaqada 18 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

O‘zbekistonliklardan tashkil topgan Uzbek United jamoasi «A» guruhini peshqadam sifatida yakunlab, yarim finalda Germaniyaning FK München jamoasi bilan to‘qnash keldi. Uchrashuv Uzbek United’ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.

Finalda o‘zbekistonlik muhojirlardan tashkil topgan jamoa Ruminiya ishchilarining FC Angry Birds klubi bilan duch keldi. Uchrashuv asosiy vaqti 0:0 hisobida yakunlandi. O‘yindan keyingi penaltilar seriyasida omad O‘zbekiston jamoasiga kulib boqdi — 2:0. Qayd etish kerak, ruminlar mazkur musobaqada bir necha bor g‘oliblikni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgandi, deb yozdi manba.

Musobaqada Uzbek United hujumchisi Abror Shonazarov 12 ta gol urib, to‘purarlar uchun atalgan sovringa ega chiqdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:49, 17.07.2017.
O'qildi: 4788 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик