Poytaxtning “Lokomotiv” jamoasi Belarus poytaxti Minsk shahridagi yig‘inni yakunladi.
11 iyul sanasida yig‘inni boshlagan “Temiryo‘lchilar” kecha so‘nggi nazorat uchrashuvini o‘tkazishdi. Unda “Loko” 3:0 hisobida “Slusk”dan ustun keldi.
Bugun esa “Lokomotiv” futbolchilari tiklanish mashg‘ulotini o‘tkazishdi. Mashg‘ulot jarayoni trenajyor zalida olib borildi va murabbiylar shtabi futbolchilarga turli yuklamalar berishdi.