Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Gabriel Batistuta: «Messi rekordimni oldinroq yangilaydi, deb o‘ylagandim»

Gabriel Batistuta: «Messi rekordimni oldinroq yangilaydi, deb o‘ylagandim»

Baho:
+ | -

Argentinada Maradona va Messidan boshqa yulduzlar ham bisyor bo‘lgan. Shulardan biri Gabriel Batistutadir. Faoliyati davomida asosan Italiya klublarida faoliyat olib borgan Batigol terma jamoa to‘purarlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda turadi:

«albiseleste» safida 78ta uchrashuv o‘tkazib, 56ta to‘p kiritgan. Uchta jahon chempionati (AQSH-1994, Fransiya-1998, Yaponiya va Koreya-2002)da o‘ynagan. Shuningdek, uch marta Amerika kubogida ishtirok etib, 1991 va 1993 yillarda ushbu turnir g‘olibi bo‘lgan.

1992 yili esa Konfederasiyalar kubogida zafar quchgan. Bundan 24 yil oldin Gabriel Batistutaning «dubl»i evaziga Argentina Kopa Amerika-1993 finalida Meksikani 2:1 hisobida mag‘lub etgan.

E’tiborli tomoni, aynan o‘shandan buyon milliy terma jamoa birorta ham sovrinni qo‘lga kirita olmadi. Ayni payt 48 yoshda bo‘lgan Batigol hamon futbol bilan oshno. Yaqinda u FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi.

- So‘nggi paytlarda Serxio Aguero va Gonsalo Iguain Argentinada jiddiy tanqidlarga uchrashmoqda. Bu boradagi fikringiz qanday?

- Ular ko‘plab muvaffaqiyatsizliklarga yo‘liqishdi. Ayniqsa, Iguain. U qatorasiga uchta final (Kopa Amerika-2015 va 2019, JCH-2014)da qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Ammo buni omadsizlikka yo‘ymagan bo‘lardim. Chunki o‘sha uchta vaziyatni ham u jamoadoshlarisiz o‘zi yuzaga keltirgandi. Gonsaloning kamchiligi - vaziyatga nuqta qo‘yolmaganida. Menimcha, u hamisha to‘g‘ri qaror qabul qilgan. Agar shunday holatlar boshqa o‘yinda, aytaylik, guruh bosqichida yuz berganida hech kim e’tiborga olmasdi. Aslida, uni shunday vaziyatlarni yuzaga keltirgani uchun maqtashimiz kerak.

- Iguainga qanday maslahat bergan bo‘lardingiz?

- Hozir sizga aytganlarimni takrorlardim. U bilan gaplashdim. O‘zim ham hujumchi bo‘lganman, bunday pallada miyangizdan qanday o‘ylar kechishini muxlislar bilishmaydi. Chili termasiga qarshi oxirgi finalda u yaqin masofadan gol urolmagandi. O‘sha vaziyatda Germaniyaga qarshi o‘yindagi xatosi ko‘z oldidan o‘tgan bo‘lsa, ajabmas. Natijada bosim yanada kuchaygan. Bunday xayollar barchasini og‘irlashtiradi.

- Bir narsaga aniqlik kiritsak. O‘z vaqtida futbolni hech qachon yaxshi ko‘rmaganingizni aytgan ekansiz...

- Shunday deganman. Chunki matbuot va ommaning e’tiboridan qochmoqchi bo‘lganman. Keyinchalik ham shu haqda so‘rashavergan. Italiya chempionatida o‘ynaganman, o‘sha davrlarda mashg‘ulotlar ko‘p o‘tkazilardi. Bosim shunchalik kuchli ediki, kishilar faqat futbol haqida gaplashardilar. Bundan zerikib ketgandim. Aslida esa, futbolni sevganman: o‘ynashni, taktika, maydondagi hamma narsani yaxshi ko‘rardim. Bolaligimda haqiqatan ham millionlar o‘yinini unchalik yoqtirmasdim. Lekin vaqt o‘tishi bilan sportning bu turiga mehr qo‘ydim. Umuman olganda, futbolga bo‘lgan muhabbatim o‘rtacha. Aytaylik, to‘p surishni yaxshi ko‘raman. Maydon tashqarisidagi intervyular, tortishuvlar, turli mojarolarga esa hushim yo‘q (kuladi).

- Lionel Messi Argentina terma jamoasi to‘purari unvonini «olib qo‘yganda» o‘zingizni qanday his qildingiz?

- Besh-olti yil mobaynida uning o‘yinlarini kuzatdim. Bu natijani oldinroq amalga oshiradi, deb o‘ylagandim. To‘g‘ri, milliy terma jamoada barchadan ko‘p gol urganimdan faxrlanib yurardim. Ammo Messi bu borada o‘zib ketdi. Shunda mazkur rekordni qayd etgan kunlarim esimga tushdi. Umuman olganda, futbol shunisi bilan ham qiziq.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:31, 21.07.2017.
O'qildi: 8165 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.