Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Jo: «Braziliya termasi bilan JCH-2018da ishtirok etmoqchiman»

Jo: «Braziliya termasi bilan JCH-2018da ishtirok etmoqchiman»

Baho:
+ | -

O‘z vaqtida Moskvaning SSKA klubida to‘p surgan braziliyalik hujumchi Jo EsporteInterativo dasturiga bergan intervyusida Ronaldinyo bilan nega gaplashmasligi, spirtli ichimliklardan voz kechgani hamda Rossiyada rasizm bor-yo‘qligi haqida gapirdi.

«BAYRAM KECHALARIGA BORMAYAPMAN»

- Mabodo Ronaldinyo sizni bayram kechasiga chaqirsa, borasizmi?

- Yo‘q, chunki bunday tadbirlarni endilikda o‘zimga ep ko‘rmayman. Turli kechalar vaqtimni o‘tkazganimga arzimaydi.

- Nahotki, vaqtichog‘lik qilishga xohish bo‘lmasa?

- Umuman yo‘q.

- Spirtli ichimliklarga-chi?

- Ko‘pincha do‘stlarim bilan kechki tamaddi qilayotganimizda ular pivo ichishadi. Menda esa spirtli ichimliklar iste’moliga umuman istak qolmagan.

- Demak, hozir Ronaldinyo bilan gaplashmayapsizmi? Axir u sizning eng yaqin do‘stlaringizdan biri edi-ku?!

- Aloqalar uzilgan, chunki o‘zim buni xohlamayapman. Albatta, o‘z vaqtida u faoliyatimni tiklab olishimda ko‘maklashgan. Ronaldinyo hamisha maydonda aqlli o‘yinchi bo‘lgan. Shunchaki, hozir bizning hayot tarzimiz turlicha kechmoqda. Ammo qachondir ko‘rishib qolsak, bajonidil suhbatlashaman.

«OTA-ONAMGA UY SOTIB OLISH MAQSADIDA ROSSIYAGA BORGANMAN»

- Menga ko‘pchilik shunday derdi: «Hoy, yigit, sen noto‘g‘ri yo‘lni tanlabsan. Ichkilikka ruju qo‘yibsan, ko‘p ichyapsan!». Biroq hayotda shunday vaziyatlar ro‘y berarkanki, o‘sha pallada ko‘zing ko‘rmay, atrofdagilarning gapini eshitmaydigan kardek bo‘lib qolarkansan.

- Spirtli ichimlik ichgandan ke-yin mashg‘ulotlarda qanday qatnashardingiz?

- Axir yosh bo‘lganman! Alkogol iste’mol qilganimda, uning oqibatlarini o‘ylamasdim. Bu zararli illatning o‘yinim va salomatligimga salbiy ta’sir o‘tkazishi xayolimga kelmasdi.

- Otangizning orzularini ro‘yobga chiqardingiz. Axir u baribir, kuchli futbolchi bo‘lolmadi-ku, shundaymi?

- Ha, faoliyatini «Korintians»da boshlab, keyinchalik asosan quyi liga klublarida o‘ynadi va oxir-oqibat taksi haydovchisiga aylandi.

- Fojiali tarzda halokatga uchragan akangiz bilan birga to‘p surgansiz...

- U har jabhada menga o‘rnak bo‘lgan, keyin esa mash’um voqea yuz berdi... Qayg‘urdim, o‘z navbatida, kuch to‘plab, umumiy orzumizni ro‘yobga chiqardim ota-onamga uy sotib olib berdim.

- Rossiyaga shu maqsadda borganmidingiz?

- Xuddi shunday. Futbolchi hamisha kelajak haqida o‘ylayvermaydi. SSKAdan taklif tushdi va men bu imkoniyatni boy bermadim. Axir «To‘rt yildan so‘ng «Barselona»ga borib, o‘shanda ota-onamga xonadon xarid qilaman», deb o‘ylay olmasdim. Ha, o‘sha kezlari SSKA kuchli jamoa edi, u yerda mashhur braziliyaliklar to‘p surishgan. Rossiyaga ko‘chib o‘tganimni tanqid qilishgan, hali yosh ekanimni ta’kidlashgan. Lekin o‘sha pallada men faqat ota-onamga yordam berish haqida o‘ylaganman.

«KO‘PROQ ISHLASHIM KERAK»

- Albatta, yana milliy jamoada to‘p surish niyatim yo‘q emas. Buning uchun esa ko‘proq ishlashim kerak. Ishonchim komilki, JCH-2014dagi tarkibdan joy olgan futbolchilarning 80 foizi endilikda termadan joy ololmaslikdan cho‘chishadi. 1:7 hisobidagi o‘sha mag‘lubiyatdan so‘ng imkoniyatlari cheklangan, deb o‘ylashadi. Ammo ularning aksariyati hamon jamoadalar. O‘ylashimcha, «Korintians»dek yirik klubda to‘p surish - o‘zimni ko‘rsatish uchun ajoyib fursat. Boz ustiga, bir yildan so‘ng jahon chempionati Rossiyada, bir vaqtlari men faoliyat yuritgan mamlakatda o‘tkaziladi. Meni juda yaxshi kutib olishgan, ammo o‘sha kezlari Vagner va Karvalyoga bog‘lanib qolishgandi. Ruslar o‘lkasiga ajo-yib tavsifnoma bilan borganman, shunga qaramay, o‘zimni ko‘rsatishim talab etilardi. Birinchi o‘yindayoq to‘rtta gol urdim.

- Rossiyada irqchilikka yo‘liqmaganmisiz?

- Dastlabki yil bunday holat kuzatilmagan. Ikkinchi mavsumda esa, meni yaxshi tanib, qanday futbolchi ekanimni bilishganidan so‘ng haqorat qilish boshlandi. Bir safar «Zenit»ga qarshi kechgan bahsda Vagner birinchi bo‘lib maydonga chiqqanda, unga banan po‘chog‘ini irg‘itishgandi. Tajribali jamoadoshim menga bunday vaziyatlarga e’tibor bermay, nojo‘ya qiliq qilganlarni nazardan chetda qoldirish lozimligini uqtirgandi. Rossiyada bir necha yil yaxshi yashadim, faqat shu kabi noxush voqealar dilni xira qilgandi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:12, 27.07.2017.
O'qildi: 3378 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.