Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Mistik raqam»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Mistik raqam»

Baho:
+ | -1

O‘tgan maqolalarimizdan birida o‘zbek futboliga tanish bo‘lib ulgurgan 4 raqami haqida gapirgandik. Aniqrog‘i, to‘rtta sabab keltirgandik terma jamoamizga oid haqiqatlarga. Hozir esa, boshqa raqam haqida so‘z boradi. O‘tgan yili “Manchester Yunayted”ning boshida ko‘lanka bo‘lgan 6-raqam haqida!

Mustaqilligimiz o‘zining 26 yilligiga qarab ketayotgan bir paytda, o‘zbek futbolidagi katta o‘zgarishlarni bosqichlarga bo‘lib chiqadigan bo‘lsak, ularning o‘rtasida olti yilga bo‘lingan davrlar yotganini ko‘ramiz. Olti yil to‘ladiyu, qars etib uyg‘otib yuborishadi. Yaxshi tushmi u, yo yomon tushmi, farqi yo‘q. Uyg‘otishadi vassalom. Endi tan olishimiz kerakki, insonning uyg‘onishiga odatda qandaydir qattiq ovoz yo uyqudan zerikish sabab bo‘ladi. Bizning uyg‘ongan onlarimizga yaxshilab e’tibor bersangiz, undan sal oldin qandaydir sharmandali natija qayd etilgan bo‘ladi yo qandaydir kutilmagan hodisani qarshi olgan bo‘lamiz.Keling, gapni cho‘zmaylik-da, mazkur mistik raqam haqidagi faktlarimizni dasturxonga to‘kaylik.

1-davr

O‘zbek futboli deganda birinchi davr, shak-shubhasiz, Xirosimadagi afsonaviy g‘alabalar bilan boshlanadi. Shartli ravishda 1994 yilni o‘zbek futbolining tug‘ilgan kuni deb qabul qilib turamiz, demak. Ketdi buyog‘iga, e’tibor bering:

Ikki yildan so‘ng Osiyo kubogi o‘yinlarida “titratib yuborajak yurt tashrifi” kutilgan lahzalar va… Osiyo chempionatida guruh o‘yinlaridanoq uyga qaytganimiz. Boshlandi, dermidi haligi filmda?! Tarkibimiz juda kuchli edi vaholanki. Boshqa hech bir musobaqada bu qadar kuchli yigitlar jam bo‘lmagan, deb hisoblayman.

Hay, bunisiga chidash mumkindir, axir, tasodiflar ham bor-ku dunyoda, deb o‘zni ovutarmiz. Biroq, Fransiya-98 saralash bahslarida qayd etilgan muvaffaqiyatsizlikka nima deysiz endi?! Qizig‘i shuki, mazkur omadsizlik u qadar sharmandali bo‘lmagani uchun hali uyg‘onishni istamadik.

2-davr

Ilk uyg‘onishimiz yomon bo‘ldi ammo. Livandagi 2000 yilda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida bir tepib, kravatdan ag‘darib yuborib uyg‘otishdi bizni. Yaponlar sakkiz bor tepgan bo‘lishsa, saudlardan beshta tepki yedik ko‘zimizni ochish uchun. Bu qaqshatqich zarbalarhozirda “Paxtakor” metrosi oldidagi binoni titratib yuborgandi o‘shanda.

Hammasi o‘zgardi birdan. Rahbariyatdan tortib murabbiylar shtabigacha. E, ana boring, futbolchilar armiyasi ham boshqa tarkib bilan tuzildi. O‘zgarish o‘zini u qadar oqlamagan bo‘lishi mumkin, biroq yurtimizga futbol shukuhi qaytdi. Terma jamoamiz o‘yinlari jiddiylashdi. Klublarimiz xalqaro maydonlarda raqiblariga qarshi munosib o‘ynay boshladilar. “Paxtakor”ning asr boshlarida Osiyo Chempionlar Ligasida ko‘rsatgan o‘yinlari emasmi stadionga muxlislarni oqib kelishini ta’minlagan? Ha, “Peruzi”yu “Bek Tero”lar bilan kechgan bellashuvlar futbolimizdagi o‘zgarishlar tufayli edi.

3davr

Mistik raqam esingizda-ya?! 2006 yilgi mundialga qandaydir noto‘g‘ri yozilgan shikoyat xati tufayli bora olmadik. Natijalar u qadar alamli bo‘lmagandir, ammo ma’muriy ishlardagi no‘noqlik haligacha ko‘pchilikka tinchlik bermaydi. 2005 yilning oxirlaridagi sirli hodisani ochish uchun hazilakam harakatlar bo‘lmadi. Xullas, olti yillik reja o‘zini oqladi va 2006 yildan o‘zbek futboliga yangi o‘zgarish davri kirib keldi.

O‘zgarish ham turlicha bo‘larkan-da, a?! Keyingi o‘zgarishlar bir klub atrofida kechdi – “Bunyodkor”. Butkul o‘zgacha loyiha edi. Terma jamoaga dahli yo‘q, lekin beradigan foydalari bosh jamoamizga borib taqaladigan loyiha asta-sekin unutilayozgan futbolning qayta tirilishiga turtki berib yubordi. Rivaldoyu Vilyanuevaga qarshi o‘ynab, shuning natijasida shakllangan “Paxtakor” tarkibi bir qator yetakchi yigitlarni kashf etdi. Bu esa, terma jamoamiz o‘yinining jonlanishiga sabab bo‘ldi.

Oraliqdagi yana bir o‘zgarish haqida ham iliq fikrlar bildirib ketsak. Bu na oldingidek rahbariyatning o‘zgarishi, na chet eldan kelgan futbolchilar hisobidan, na bir klub atrofida amalga oshirilgan katta loyiha natijasida, balki birgina murabbiyning futbolga bo‘lgan bo‘lakcha qarashlari boisidan kelib chiqqan o‘zgarish bo‘ldi. Terma jamoa o‘yini chiroylashgani va futbolchilar rohatlanib o‘ynayotganidan xulosaga kelamizki, bu o‘zgarish samaraliroq va tabiiyroq edi.

Sal eslab o‘taylik, a?! Olti yillik oraliqda terma jamoamiz bir marta Osiyo chempionatida o‘ynab qaytdi, JAR-2010 saralashida oldingilariga qaraganda yomonroq qatnashdi. Lekin bu holat uyg‘onishimizga kifoya qilmas edi. Qandaydir katta voqea talab etardi. Talablariga binoan sodir bo‘ldi o‘sha voqea: Qosimov o‘rniga kelgan Abramov milliy termamizni anchayin kuchli holatga olib chiqqanini hamma tan oladi. Hatto bu murabbiydan hammaning ko‘ngli to‘q edi. Ochko‘zlik qursin, ikki qo‘lni bir og‘izga tiqish ham qurib ketsinki, chiroyli ketayotgan ishlar avval olimpiyachilarimizning yutib turgan o‘yinni boy berishlari natijasida Olimpiadadan quruq qolishlari bilan tugadi, so‘ng mundialning uchinchi bosqich ilk o‘yinida Eronga boy berilgan alamli bahs yuraklarni tilka-pora qildi. Butunlay hujumkor futbol ko‘rsatgan holda yengilish azobini birinchi marta his qildik o‘shanda. Lekin nachora, Abramovni ishdan olishdi. Nega, deysizmi, OLTI YIL to‘lgandi-da… Qandaydir mistika borga o‘xshaydiya bu raqamda?!

4davr

Keyin nimalar bo‘lganini bilasiz. Yozish uchun joy ajratish shartmas menimcha. Bu davrda o‘zbek futbolidan ko‘ra Messi-Ronaldu to‘qnashuvi qiziqroq kechdi. Ko‘proq shuni tomosha qilishdi o‘zbek muxlislari. Oraliqda ikkita murabbiy keldi. Abramovning o‘rnini olgan Qosimov bu olti yillik ichida yaxshi va yomon kunlarni boshdan o‘tkazdi. Ish o‘zi yozishgacha kelgan arizasi va pichoq suyakka qadalgan Shimoliy Koreyadagi o‘yin bilan tugadi. Murabbiy o‘rniga Babayan tashrifi!

Olti yilni to‘ldirib beruvchi natijalardan xabardorsiz, albatta. Hozirda termamizning mundialga chiqishga imkoniyati ham bordek. O‘z qo‘lida turgan ikki o‘yinni yutsa –bo‘ldi, hammaning ovozi o‘chadi. Lekin, shum qismat bizga huv yuqoridagi o‘zgarishga olti yil to‘lajakligini aytmoqda-da, nima qilamiz endi?!

5-davr..?

Xayrulla HAMIDOV, «Erudit Sport» gazetasi.

Manba: erudit-sport.uz
Kiritildi: 20:19, 28.07.2017.
O'qildi: 10881 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.