Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Fransiya futbolining faylasufi

Fransiya futbolining faylasufi

Baho:
+ | -

Shu yilning 29 iyunida «Monpelye» klubining  ko‘p yillik prezidenti Lui Nikollen roppa-rosa 74 yoshda (tug‘ilgan kunida) yorug‘ dunyoni tark etdi.

Nikollen nafaqat futbol, balki Fransiya sportining taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan shaxslardan biri edi. Endi shunday «nahang»dan birgina «Lion» sohibi - Jan-Mishel Ola qoldi.

E’tiborlisi, msye Lui hatto mikrofon qarshisida ham o‘z fikrlarini ochiq-oydin izhor qilishga odatlangandi. 2012 yili uning jamoasi ichki birinchilikda g‘olib chiqqach, quvonchdan o‘z tanasiga sig‘may qolgan prezident shunday xitob qilgandi:

«Monpelye» - chempion! Marsel, Parij, Lion, Lill va Renndek grandlar ortda qolib ketishdimi? Bundan ortiq sharmandalik bo‘lmasa kerak!» Ha, kezi kelganda hech kimni ayab o‘tirmaydigan tarixiy shaxslar soni bittaga kamaydi.

Tili «o‘tkir» mutaxassis

Roje Roshe. «Trubkali odam» taxallusi bilan tanilgan prezident davrida «Sent-Etyen» 9 marta chempionlikka erishgan va bir marta YECHLning finalida to‘p surgan. Msye Roje vaqtida Lionni Sent-Etyen tasarrufidagi shaharchaga va Sent-Etyen parovozi sudrab kelayotgan vagonga qiyoslagandi. Oqibatda polisiya jamoaning 20 mln. franklik xufiya g‘aznasini fosh etdi. Shundan keyin prezident lavozimidan chetlatilib, uch yilga ozodlikdan mahrum etildi. To‘g‘ri, u atigi 4 oyni qamoqda o‘tkazdi.

Bernar Tapi. «Marsel» bilan YECHLda g‘olib chiqib, janublikka aylangan Parij fuqarosi. Katta shov-shuvga sabab bo‘lgan «OMVA» mojarosi uning faoliyatiga chek qo‘ydi. Lekin muxlislar Tapini hamon hurmat qilishadi. Chunki u bir qator tarixiy g‘alabalarni tuhfa etgandi.

Jan Lui Trio. «Bordo»ni 21 yil davomida boshqargan shaxs. 2013 yili besh nafar shirakayf yigitchalar mahalliy sirkdan Serj ismli  lamani o‘g‘irlab, birgalikda tramvayda sayr qilishgan. Ma’lum muddatdan so‘ng polisiya ularni hibsga oldi, jonivor esa mashhurlikka erishdi. Shu yilning martida Trio o‘z vakolatini 46 yoshli Stefan Martenga topshirib, jamoa va muxlislar bilan xayrlashdi.

Lui Nikollen. Yo‘qni bor qilgan millioner. 1974 yili msye Lui Fransiya chempionatining 6-ligasida to‘p surayotgan «Monpelye Payyad Sport» havaskorlik klubini o‘z tasurrufiga oldi. Vaholanki, jamoa 1919 yilda 1-divizion tashkilotchilaridan biri bo‘lgan. Shahar meri Jorj Freshening ko‘magi bilan Nikollen sakkiz yilda «Monpelye»ni elitaga olib chiqdi. 1989 yili jamoaning yagona aksioneriga aylangach, klub nomini «Monpelye Ero Sport»ga o‘zgartirdi. Bir yildan so‘ng Fransiya kubogini qo‘lga kiritdi. 2012 yili esa Nikollen ilk marta chempionlikka erishdi.

Lui Nikollen faqat futbol bilan kifoyalanib qolmadi. 1999-2009 yillarda uning kompaniyasi «Bezye Ero» regbi klubiga homiylik qildi, keyin «Monpelye Ero regbi»ni o‘z tasarrufiga oldi. Shuningdek, Nikollen 2000 yildan «Pari Basket Rasing», 2002 yildan «Pari Gandbol» klublariga ham homiylik qila boshladi. Msye Lui ma’lum muddat Fransiya musobaqalar va suvlarda qutqarish federasiyasi (ajablanmang, shunaqa muassasa ham bor)ga rahbarlik qildi. Monpelyedagi ayollar futbol jamoasi Marseldan 10 yil avval tashkil etilgan bo‘lib, u ham Lui Nikollenning tashabbusi bo‘lgan. Umuman, qit’ada yetakchilik qilayotgan Fransiya ayollar futbolida Nikollenning xizmatlari beqiyos. Albatta, «Monpelye»ning marhum prezidenti OAV vakillari bilan tez-tez muloqotda bo‘lardi. Ro‘y-rost va ochiq-oydin sharhlari nashrlar va telekanallar uchun suyukli manba hisoblanardi. 2012 yili 15 aprelda TVga tashrif buyurgan prezident «Monpelye» chempionlikka erishsa, soch-larini to‘q sariq va ko‘k rangga bo‘yashga va’da bergandi. 24 may kuni u chindan ham bu ishni amalga oshirdi. Tabiiyki, baxtiyor prezidentning fotosurati barcha nashrlarning birinchi sahifasidan o‘rin oldi. «Ekip» esa Nikollenning 70 yillik yubileyiga bag‘ishlab «Nikolen bilan X soatida» telefilmini yaratdi. Musavvir David Buonomo esa «Monpelye» prezidenti va uning qiziqishlariga oid komikslar seriyasini yozdi.

Msye Lui tomonidan butun faoliyati davomida to‘plangan kolleksiyadagi futbolkalar soni 4500 nusxadan ko‘proq. Ularning aksariyati mashhur yulduzlarniki. Bu marhum prezidentga tegishli 3ta muzeyning bir qismigina, xolos. Zallarning biri sportga, jumladan, futbolga ajratilgan, ikkinchisi velosipedlarga, uchinchisi avtomobillarga.

Lui Nikollenning mol-mulklari vafot etganida 120 mln. yevroga baholandi. Klub marhumning 39 yoshli o‘g‘li Loranga meros bo‘lib qoldi. To‘ng‘ich o‘g‘li (42 yosh) Oliver esa oilaviy biznesni boshqaradigan bo‘ldi. Gap chiqindilarni tashish va qayta ishlashga ixtisoslashgan korxona haqida ketmoqda. 1945 yili Luining otasi Marsel Nikollen tomonidan asos solingan «Nikollen» firmasida hozir 5000 ishchi-xizmatchi mehnat qilmoqda. Korxona Lui Nikollenning sport olamidagi muvaffaqiyatli faoliyati tufayli o‘z sohasida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Firmaning yillik aylanma fondi 300 mln. yevrodan oshib ketdi.

Bundan tashqari, Kamargdagi nov­voslar fermasi, «Shurrasku» tungi klubi va «Kombe» ranchosi ham Lui Nikollenga tegishli. Msye prezident bu yorug‘ olamda qanchalik zavq-shavq bilan shirin yashagan bo‘lsa, uni shu tarzda tark etdi. Ya’ni, Garon shaharchasidagi «Aleksandr» restoranida 74 yoshini nishonlanayotgan paytda yurak xuruji tufayli hayotdan ko‘z yumdi. Alvido, Lulu! Sensiz futbol olami ancha zerikarli bo‘lib qoldi...

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:09, 31.07.2017.
O'qildi: 3256 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.