«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer jarohatidan to‘liq tiklanib oldi.
Futbolchi bugun umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok eta boshladi. Ma’lumki, u aprel oyida chap oyog‘ining tovonini sindirib olgandi.
«Yana maydonga qaytish juda yoqimli», — deb yozdi u instagram sahifasida.