Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Vadim Abramov: “Hamma ham penalti tepishni istamaydi”

Vadim Abramov: “Hamma ham penalti tepishni istamaydi”

Baho:
+ | -

Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi Oliy liganing 16-turida G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasini qabul qildi.

O‘yinda kuchlar teng keldi - 1:1. Bellashuvdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida farg‘onaliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

– Negadir yigitlar uy o‘yinlarida o‘zlarini ijobiy ko‘rsata olishmayapti. Afsuski, bugun kutgan natijamizga erisha olmadik. Fikrimcha, futbolchilar maxalliy muxlislar oldida mas’ulyatni o‘ta chuqur his etib, erkin harakat qila olmayaptilar. Xavfli vaziyatlar kam sodir etdik. Natija ham shunga yarasha bo‘ldi.

Muzaffar Muzaffarov penaltini aniq amalga oshira olmadi. O‘sha vaziyatda unga nima yetishmadi deb o‘ylaysiz? Umuman vaziyatga qanday baho berasiz ?

O‘yin vaqtida penaltini hamma futbolchi ham tepishga jur’at eta olmaydi. Muzaffar yosh bo‘lishiga qaramay ko‘p hollarda penalti tepishdek mas’ulyatli vazifani o‘z bo‘yniga oladi. Biroq bugun uning omadi kelmadi. Bunday hol hammada ham bo‘ladi. Bu futbol.

– Vadim Karlenovich, nega birinchi bo‘limdan so‘ng Mansur Saidovni zahiraga oldingiz?

Birinchi bo‘limda maydon markazida bo‘shliq yuzaga keldi. Ya’ni Saidovning o‘yini qovushmadi va bahsni kuchaytira olmadi. Shu sababli uni zahiraga oldim. Balki uning yoshi ham  o‘z so‘zini aytayotgandir.

– Penaltini yarim himoyachi tepdi. Bu vazifa ko‘proq hujumchiga tegishli emasmi ? Ayniqsa Mo‘ydin Mamazulumov katta shijoat bilan turgandi.

Yana takrorlab aytaman, penalti vaqtida hamma ham vazifani bo‘yniga olmaydi. Balki muammo ham shundadir.

– Himoya chizig‘ida muammolar ko‘zga tashlanyapti. Negadir himoyachilar bir-birini yaxshi tushunmagandek tasavvur uyg‘otdi?

Bu fikrga to‘liq qo‘shilmayman. Jamoa tarkibi yangi. Shu sababli o‘yin borasida kamchiliklar mavjud. O‘yindan-o‘yinga jamoa kuchayib boradi.

– “Sho‘rtan” haqida nima deysiz?

– Xar bir jamoa raqibga qarab taktika tuzadi. Bugun biz g‘uzorliklarni qarshi hujumga o‘tishiga imkon bermasligimiz kerak edi. Lekin bunday bo‘lmadi. To‘p uzatishdagi ko‘plab xatolar o‘yin tizginiga salbiy ta’sir o‘tkazdi.

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 23:48, 05.08.2017.
O'qildi: 4127 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик