Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Xayrulla Hamidovdan: «Klubdan-da ustunroq!»

Xayrulla Hamidovdan: «Klubdan-da ustunroq!»

Baho:
+ | -

Bu maqolaning o‘zagi o‘tgan yili yozilgan, lekin men o‘shanda ham ishongan edimki, bir yil o‘tib ham dolzarbligi yo‘qolmaydi. Oila mustahkam bo‘lsa, muammolar bartaraf etilishi bor gap.

Yarmarka turnirlardagi tayyorgarliklarni kuzatyapmiz. “Siti”ning uchta tarkibini, MYUning hujumini, “Inter”ning ishonchli harakatini, “Milan”ning tirilayotganini, “Real”ning “to‘yib qolganini” va… har doimgi “Barselona”ni.

O‘tgan mavsum kataloniyaliklar uchun salbiy yakunlandi: Bosh murabbiy ishdan ketdi. Jamoa milliy chempionatda ham, yevrokubokda ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Pike aytganidek, bu klub Ispaniya kubogi bilan faxrlanish darajasidan yuqorida. Klub lideri Leo Messi “Oltin to‘p” uchun kurashda asosiy raqibidan ancha ortda qolib ketdi. Xullas, hamma yangi “Barsa”ning o‘yinlarini intiq bo‘lib kutayotgan edi. Bu turnirning boshqa jihati ham bor ediki, qanday darajada bo‘lmasin muxlislarga yangi El-Klasikoni taqdim etardi.

“Barselona” yangi murabbiy boshchiligida tashrif buyurdi. Shu tomonlama ham qiziq edi kuzatish. Neymar transferiga oid gap-so‘zlar ham jamoa o‘yiniga ko‘lanka sola olmadi. Hech narsa bo‘lmaganidek, boshqalarga e’tibor bermay, o‘z o‘yinini ko‘rsatib qaytdi “Barsa”. “Bu o‘rtoqlik o‘yini edi…”, “bizga muhim emasdi…”, “haqiqiy o‘yinimizni muhim bahslarda ko‘rasiz…” degan otamning davridan qolgan so‘zlar aytilmadi kataloniyaliklar tomonidan. Indamaygina o‘z yutuqlarini nishonlab kelishdi. Messi yana urdi, yana Ramos chiroyli aldab o‘tildi, yana Rakitich golini nishonladi. Ronaldu kelmaganini bahona qilmanglarki, u o‘ynaganda ham shu hisob qayd etilgandi, deyishga asoslar yetarli. Menga kataloniyaliklarning shu jihati juda yoqadi. Hamma turnirga birdek qaraydi, yulduzlari ham bir qatorda tushib keladi, yutuq uchun o‘ynaydi va o‘z ulushini oladi ham.

“Barselona” tarixining o‘zi bir doston. Uning shakllanishida siyosiy vaziyatlar va Madrid bilan o‘rtadagi hisob-kitoblar muhim rol o‘ynagani turgan gap. Biroq, bu kurash va shiddatning o‘zi bugungi Kataloniya superklubi mavqeiga kifoya qilmasdi. Demak, bu yerda boshqa jihat ham bor. Nimaykin-a shu jihat?

Marhum Qodiriy shohasari bo‘lmish “O‘tkan kunlar”ida: “…

Davomi

Manba: erudit-sport.uz
Kiritildi: 11:17, 07.08.2017.
O'qildi: 10808 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.