Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 00:00 Malaga 1-1 Espanyol
10/10 16:30 Arsenal 2-1 Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum 0-0 Surxon
10/10 18:00 Jenoa 2-1 Fiorentina
10/10 19:00 Aston Villa 2-2 Brentford
10/10 19:00 Chelsi 5-1 Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich 2-1 Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend 0-2 Brayton
10/10 19:15 Alaves 1-2 Atletiko
10/10 21:00 Inter 3-0 Parma
10/10 21:30 Man. Yunayted 1-1 Tottenhem
10/10 21:30 Barselona 3-0 Xetafe
11/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK - Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona - Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Husanov «Siti» va Gvardiolaning o‘yiniga moslashib keta oladimi?

Husanov «Siti» va Gvardiolaning o‘yiniga moslashib keta oladimi?

Baho:
+3 | -

Abduqodir Husanov Belarusda ham, «Lans»da ham, O‘zbekiston terma jamoasidayam uch markaziy himoyachili sxemada muvaffaqiyat qozongan. Shu jihatdan olsak, go‘yo «Manchester Siti»da adaptasiya qiyinroq bo‘lishi kerakdek.

Lekin shu bilan birga Gvardiolaning so‘nggi ikki yildagi sxemasi odatiy 4 himoyachili strukturalardan farq qilishiga ham ahamiyat berish kerak. «Siti» «Liverpul» yoki «Real» kabi ikki markaz va qanotlarda an’anaviy fulbeklar bilan o‘ynamayapti. Biroz murakkabroq.

Pep Gvardiola shogirdlari qog‘ozda 4-3-3 bo‘lsa ham joylashuvda biroz farq qiladi. Aldamchi fulbeklar degan pozisiyani ham aynan Gvardiola keng qo‘llay boshlagan.

To‘p bilan ikki xil rotasiya bor: 1) qanotdagi Riko Lyuis yoki markazdagi Akanji markazdagi tayanch yarimhimoyachidan biriga aylanadi. 2) Yoshko Gvardiol qanotda ancha oldinga chiqib, himoyada yana uchlik paydo bo‘ladi.

Shuning uchun Gvardiola odatda himoyada uchta, hatto ba’zida to‘rtta markaziy himoyachi profilidagi futbolchilardan foydalanishni odat qilgan. Diash, Uoker, Akanji, Ake, Gvardiol - nomzod ko‘p bo‘lsa-da, Husanov debyuti ko‘p kuttirmasa kerak. Shuningdek, Uoker, Ake va Stounzlar yoshi ancha o‘tdi, klub ularni sotish haqida ham o‘ylay boshlagan.

Transferga Pepning o‘zi rozilik bergani va yaxshi pul sarflaganidan kelib chiqsak, Husanov profil jihatidan aynan kerakli futbolchi sifatida baholangan. Orif Tolipov kanalida chiqargan taqqoslama jadvaliga qarasangiz ham, Husanov ustunlik va kamchiliklar borasida «Siti»dagi boshqa himoyachilardan mutlaqo farqli profil. Ba’zi ko‘rsatkichlarda ikki barobar kattaroq natija ko‘rsatgan. To‘g‘ri, «Siti» va «Lans» o‘yin uslubidagi farq ham muhim, ammo biz tanigan Husanov «Manchester Siti» himoyasidagi muvozanatga ijobiy ta’sir qilsa kerak. Ayniqsa, qarshi hujumlardan «Siti» juda ko‘p xavfli zarbalar o‘tkazyapti, bu borada (qarshi hujumlar soniga nisbatan o‘tkazilgan zarbalar o‘rtacha xavfi) APLda 19-o‘ringa tushib ketdi ham. Ayni damda Husanov aynan shu uchun kerak.

Gvardiola ancha yosh futbolchini olayotganiga qarasak ham, u Husanovda nimadir ko‘ra olgan va o‘z g‘oyalarini singdirish uchun mos bosqichda. Tabiiyki, bu hamyurtimizning o‘sishiga turtki bo‘ladi.

Nimalar deyapmiz-e, Pep Gvardiola, «Manchester Siti», APL, Abduqodir Husanov... Hali voqeaning bor mohiyatini to‘liq anglab yetmadik, ishonavering.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 14:53, 11.01.2025.
O'qildi: 7191 marta.
Fikrlar: 35 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик