Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 18:00 Lokomotiv - Nasaf
17/10 19:00 Dinamo - Buxoro
17/10 19:00 Navbahor - Paxtakor

“Barselona”ning “Xetafe”ga qarshi o‘yin qaydnomasi e’lon qilindi

“Barselona”ning “Xetafe”ga qarshi o‘yin qaydnomasi e’lon qilindi

Baho:
+ | -

Bugun, 10 oktyabr kuni Ispaniya La Ligasining 8-turi doirasida “Barselona” o‘z maydonida “Xetafe”ni qabul qiladi.

Hans-Diter Flik boshqarayotgan Kataloniya klubi ushbu uchrashuv uchun 22 nafar futbolchidan iborat qaydnomani e’lon qildi.

“Barselona”ning o‘yin qaydnomasi:

Darvozabonlar: Joan Garsiya, Voysex Shchensni, Dominik Livakovich.

Himoyachilar: Joau Kanselu, Alexandro Balde, Pau Kubarsi, Xavi Espart, Jerar Martin, Jyul Kunde, Erik Garsiya.

Yarim himoyachilar: Brayan Farinyas, Gavi, Fermin Lopes, Pedri, Rodri, Dani Olmo, Mark Bernal.

Hujumchilar: Gabriel Jezus, Lamin Yamal, Karim Adeyemi, Entoni Gordon, Hamza Abdelkarim.

Jamoa yetakchilaridan biri Rafinya mushaklaridagi muammo sababli qaydnomaga kiritilmadi. Andreas Kristensen va Runi Bardji ham jarohat tufayli uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Mashg‘ulotlarga qaytgan Frenki de Yong esa hozircha tibbiy ruxsat olmagan.

Shu bilan birga, jarohatidan tiklangan darvozabon Joan Garsiya o‘yinda ishtirok etishga tayyor.

“Barselona” – “Xetafe” uchrashuvi “Spotifay Kamp Nou” stadionida o‘tkaziladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da start oladi.

Ma’lumot uchun, “Barselona” 7 turdan keyin 21 ochko bilan chempionat peshqadami bo‘lib turibdi. “Xetafe” esa 8 ochko jamg‘argan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:24, 10.10.2026.
O'qildi: 2119 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик