Madridning "Real" klubi himoyachisi Antonio Ryudiger faoliyatini davom ettirish uchun yangi jamoa izlamoqda. Germaniyalik futbolchi kelasi yozda erkin agent maqomini oladi, chunki "qaymoqranglilar" u bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti.
Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, tajribali markaziy himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishga Angliyaning "Tottenxem" klubi qiziqish bildirmoqda.
Londonliklar Ryudigerni nafaqat himoya chizig‘ini kuchaytira oladigan futbolchi, balki jamoadoshlarini o‘z ortidan ergashtirish qobiliyatiga ega yetakchi sifatida ham ko‘rmoqda.
Shu bilan birga, Antonio Ryudiger uchun yana bir ehtimoliy yo‘nalish Saudiya Arabistoni chempionati bo‘lib qolmoqda.
Germaniyalik himoyachi faoliyatini ushbu mamlakat klublaridan birida davom ettirishi ham mumkin.













