Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyoning jamoa yarim himoyachisi Bernardu Silvaga munosabati haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Portugaliyalik futbolchi Ispaniya La Ligasining so‘nggi uchta uchrashuvidan faqat bittasida maydonga tushgan va unda ham bor-yo‘g‘i sakkiz daqiqa harakat qilgan.
"Real" faoliyatini yoritib boradigan jurnalist Ben Fernandes Santosning xabar berishicha, Mourinyo va uning murabbiylar shtabi Bernardu Silvaning imkoniyatlariga hech qachon shubha qilmagan.
Manbaning ta’kidlashicha, klubda futbolchining jismoniy holati to‘liq tiklanishi va u o‘zining maqbul sport formasiga kirishini kutishmoqda. Yarim himoyachining kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani aynan shu omil bilan izohlanmoqda.
Bernardu Silva joriy mavsumda "Real" safida barcha musobaqalar doirasida yettita uchrashuvda ishtirok etib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, Madrid klubi navbatdagi uchrashuvini 18 oktyabr kuni Ispaniya chempionatining 9-turi doirasida "Sevilya"ga qarshi o‘z maydonida o‘tkazadi.
Bahs Toshkent vaqti bilan 19 oktyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.













