Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/10 00:00 Valensiya 0-0 Atletik Bilbao
18/10 15:30 Udineze 0-3 Lechche
18/10 17:00 Osasuna 2-0 Rasing
18/10 18:00 Bornmut 2-0 Sanderlend
18/10 18:00 Brayton 5-0 Kristal Pelas
18/10 18:00 Lids 1-1 Man. Yunayted
18/10 18:00 Fiorentina 1-3 Komo
18/10 19:15 Selta 2-1 Alaves
18/10 20:30 Nottingem Forest 0-1 Arsenal
18/10 21:00 Milan 3-2 Atalanta
18/10 21:30 Malaga 2-5 Real Sosyedad
18/10 23:45 Yuventus - Lasio
19/10 00:00 Real Madrid - Sevilya
19/10 21:30 Monsa - Kalyari
19/10 23:45 Parma - Torino
20/10 00:00 Xetafe - Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem - Koventri Siti

"Barselona" Gavining o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan futbolchini topdi

"Barselona" Gavining o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan futbolchini topdi

Baho:
+ | -

"Barselona" yarim himoyachisi Gavi yaqin kelajakda Kataloniya klubini tark etishi mumkin. Jamoa rahbariyati ispaniyalik futbolchining ehtimoliy ketishini inobatga olgan holda, uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlarni o‘rganmoqda.

Ayni paytda "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Gaviga muntazam o‘yin amaliyotini kafolatlay olmayapti. Futbolchining o‘zi esa avvalgi eng yuqori darajasiga qaytishiga ishonadi, biroq buning uchun maydonda ko‘proq vaqt o‘tkazishi zarur deb hisoblaydi.

Hozirda kataloniyaliklar yarim himoyasida raqobat nihoyatda kuchli. Markaziy yarim himoyachilar orasida Pedri, Rodri, Fermin Lopes va Mark Bernal Gavidan ustunroq mavqega ega. Bundan tashqari, Frenki de Yong ham jarohatidan so‘ng safga qaytmoqda.

El Nacional ma’lumotlariga ko‘ra, Gavi hozirda "Barselona"ning har qanday holatda ham saqlab qolinadigan futbolchilari qatoriga kirmaydi. Agar munosib moliyaviy taklif kelib tushsa, klub uning transferini ko‘rib chiqishga tayyor.

Kataloniyaliklar bunday ehtimoliy ssenariyga tayyorgarlik ko‘rishni boshlagan. Xususan, Gavining o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan futbolchilardan biri sifatida "Tottenxem" yarim himoyachisi Lukas Bergvall ko‘rib chiqilmoqda.

Shvesiyalik iqtidorli futbolchi avval ham "Barselona"ning e’tiborini tortgan. U o‘z vatanida "Yurgorden" safida o‘ynab yurgan paytida kataloniyaliklar uni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan.

Biroq 2024 yil boshida ushbu transfer amalga oshmay qolgan. Oradan yarim yil o‘tib, Bergvall Angliyaning "Tottenxem" klubiga ko‘chib o‘tgan.

Ayni paytda 20 yoshli shvesiyalik yarim himoyachining transfer qiymati Transfermarkt portali mutaxassislari tomonidan 40 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 10:46, 16.10.2026.
O'qildi: 2603 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик