Mish-mishlarga ko‘ra, «Real»ning yulduz yarim himoyachisi Jud Bellingem kelajakda boshqa Yevropa chempionatida ham o‘ynashni istaydi.
Teamtalk nashri xabar berishicha, futbolchining Angliya Premyer-ligasiga o‘tish azaliy orzularidan biri hisoblanadi. Sababi u faoliyati davomida hali bu chempionatda o‘ynamagan. Biroq hozircha bu maqsad uning yaqin kelajakdagi rejalariga kirmaydi. Ayni paytda futbolchi bor e’tiborini «qirollik» klubi safidagi o‘yinlarga qaratgan.
23 yoshli futbolchining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyining oxirigacha mo‘ljallangan. Bellingemning bozor qiymati 160 million yevro deb baholanmoqda.













