Shvesiyalik hujumchi Viktor Dyokeresh qishki transferlar oynasida Londonning «Arsenal» klubini tark etishi mumkin. 28 yoshli futbolchi joriy mavsumda o‘ziga berilayotgan o‘yin vaqtidan qoniqmayapti.
Teamtalk nashri jurnalistlarining xabar berishicha, hujumchi faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan klublar qatorida Madridning «Atletiko» jamoasi ham bor. Shuningdek, unga Angliya Premyer-ligasining boshqa klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Dyokeresh joriy mavsumda Angliya chempionati doirasida uchta uchrashuvda maydonga tushdi, biroq hozircha gol urish yoki golli uzatma berishga muvaffaq bo‘lmadi.
Shvesiyalik futbolchining «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.













