Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

“Lokomotiv” bugun “Mash’al”ni qabul qiladi

“Lokomotiv” bugun “Mash’al”ni qabul qiladi

Baho:
+ | -

Kecha milliy chempionatimizda ikkinchi davra bellashuvlariga start berildi.

Bugun O‘zbekistonning amaldagi chempioni – “Lokomotiv” Oliy Liga ikkinchi davrasi ilk o‘yinini o‘tkazadi. Mazkur matchda “temiryo‘lchilar”ga Muborakning “Mash’al” klubi futbolchilari qarshilik ko‘rsatishga urinishadi.

Oliy Liga, 16-tur:
7 avgust (dushanba)
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Mash’al» (Muborak)
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), B. Qodirov (Buxoro), A. Burov (Buxoro), A. Najafaliyev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
O‘zPFL vakili: F. Magametov.

“Lokomotiv” – “Mash’al” to‘qnashuvini tajribali referi – Rustam Bobomurodov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Uchrashuv nazoratchisi – Aleksandr Popov. PFL vakili sifatida esa Farhod Magametov faoliyat olib boradi.

Jamoalar birinchi davra o‘yinini Muborakda o‘tkazishgan hamda o‘sha o‘yinda “Lokomotiv” vakillari 1:0 hisobida g‘alabaga erishishgandi. Oliy Liga 1-turi doirasida kechgan matchda Marat Bikmayev tomonidan kiritilgan gol “Loko”ga muhim uch ochkoni taqdim etgandi va jamoamiz chempionatda yaxshi start olgandi.

O‘ZARO UCHRASHUVLAR TARIXI:
“Lokomotiv” va “Mash’al” jamoalari ichki chempionatimiz doirasida shu paytga qadar 23 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. O‘zaro o‘yinlardagi ustunlik – “Lokomotiv” futbolchilari tomonida. “Lokomotiv” o‘tkazilgan bellashuvlarning 13 tasini o‘z foydasiga hal eta olgan. “Mash’al” vakillari esa 9 ta o‘yinda g‘alabaga erishishgan. Bir bora esa jamoalar durang o‘ynashgan. “Lokomotiv” shu vaqtgacha “Mash’al” darvozasini o‘zaro o‘yinlarda 32 marta ishg‘ol etgan. O‘z darvozasidan esa 26 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Ilk bor bu jamoalar 2004 yilda to‘qnash kelishgan bo‘lib, “Jar” stadionida kechgan matchda “Lokomotiv” futbolchilari g‘alabaga erishishgan – 1:0. “Lokomotiv”ning “Mash’al” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi o‘tgan yilgi bahsda qayd etilgan bo‘lib, Muborakda o‘tgan uchrashuvda jamoamiz 4:0 hisobida zafar quchgan.

FAKT: Bilasizmi, “gazchilar” “temiryo‘lchilar”ni so‘nggi bor 2010 yilning avgustida mag‘lub etishgan. O‘shanda “Mash’al” o‘yinchilari toshkentliklarni 2:0 hisobida yenggandi.

Yana bir qiziq ma’lumot shundan iboratki, “Lokomotiv” va “Mash’al” faqat bir marta durang o‘ynashgan. 2007 yilning may oyida Toshkentda o‘tgan o‘yinda jamoalar 0:0 hisobida nursiz durang natijani qayd etishgan.

 

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 12:48, 07.08.2017.
O'qildi: 3456 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик