Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-0 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Ahmedov: «Rossiyaga boshqa qaytmasam kerak»

Ahmedov: «Rossiyaga boshqa qaytmasam kerak»

Baho:
+ | -

«Anji» va «Krasnodar» klubi sobiq yarim himoyachisi, hozirda Xitoyning «Shanxay SIPG» klubida o‘ynayotgan Odil Ahmedov Rossiya chempionatiga boshqa qaytmasligini ma’lum qildi.

«2011 yilda Londonning «Arsenal» klubiga o‘tishim mumkin edi. Albatta, bunday jamoada kim o‘ynashni istamaydi? Ammo o‘shanda «Anji» bilan shartnoma imzolagandim. Maxachqal’aliklar esa meni qo‘yib yuborishmagandi. O‘shanda Yevropa darajasidagi jamoa shakllantirilayotgandi.

Ikki yil avval APL jamoalaridan takliflar bo‘lgandi. Yaqinda esa «Nissa» meni o‘z safiga chorladi. «Krasnodar» Yevropa ligasi doirasida bu jamoaga qarshi o‘ynagandi. Nazarimda, shundan keyin fransiyaliklar menga ko‘z tikishdi. Hattoki, mavsum so‘ngida «Nissa» «Krasnodar»ga taklif bilan chiqdi.

Lekin, afsuski, «Krasnodar» bilan shartnomam bor edi, transfer narxi esa rossiyaliklarni qanoatlantirmadi. Buni tushunaman. Mening Xitoyga transferim barchani qanoatlantirdi, jumladan, «Krasnodar»ni ham. O‘z o‘yinchisini 500 mingga sotgandan ko‘ra, 5 millionga sotish yaxshi-ku, to‘g‘rimi? Rossiyaga boshqa qaytmasam kerak. «Shanxay»dan keyin o‘z Vatanimda o‘ynashni istardim. To‘g‘risini aytsam, Xalk ham qaytmasa kerak», — dedi Ahmedova 8news'ga bergan intervyusida.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:42, 10.08.2017.
O'qildi: 6789 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик