Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Ro‘ziqul Berdiyev: «Buxoro» bugun kurashuvchanlik evaziga g‘alabaga erishdi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Buxoro» bugun kurashuvchanlik evaziga g‘alabaga erishdi»

Baho:
+-1 | -

“Nasaf” – “Buxoro” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetgach, o‘yin yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Sa’dullayevich o‘yin haqida quyidagi fikrlarini bildirdi.

— “Buxoro” jamoasi bugun maydonda yaxshi kurash olib bordi. Ularda g‘alaba bo‘lgan ishtiyoq o‘yin davom sezilib turdi. Ular buning evaziga g‘alabaga erishishdi. Jamoamiz o‘yini haqida gapiradigan bo‘lsam, biz bugun kutilgan o‘yinni ko‘rsata olmadik. “Buxoro” bugun natija uchun kurashdi va bunga erishdi. Bugun futbolchilarimiz juda sekin o‘ynashdi. Bu orqali har qanday o‘yinda g‘alabaga erishish qiyin. Biz futbolchilarimizga, raqibimiz bugun bizga nisbatan haqiqiy kurashishini aytgan edik. Shunday ham bo‘ldi. O‘yinda kurashuvchanlik yetishmagan jamoaning muvaffaqiyat qozonishi amri mahol.

Jamoamizni tark etgan futbolchilar haqida takror-takror savollar bo‘layapti. Bu savollarga to‘liq javob berib o‘tdik. Yana buni takrorlashni hojati yo‘q. Aynan darvozabon haqida gap ketayotgan bo‘lsa, Sanjar Quvvatov o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlayapti. Agar u bugun penaltini qaytarmaganda, ahvolimiz bundan achinarli bo‘lishi mumkin edi. Bugun maydonda harakat qilgan futbolchilarmizni birontasini tanqid qilishdan yiroqman. Bugun butun  jamoa bo‘lib yutqazdik.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 09:58, 13.08.2017.
O'qildi: 4671 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик