Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Bobur Abduholiqov: "Hozirgi O‘zbekiston chempion bo‘lishga qodir"

Bobur Abduholiqov: "Hozirgi O‘zbekiston chempion bo‘lishga qodir"

Baho:
+-1 | -

Kelasi yilning yanvar oyida Xitoyda o‘tkaziladigan yoshlar (U-22) o‘rtasidagi Osiyo chempionatining final bosqichida ishtirok etadigan 16ta jamoaning nomi ma’lum bo‘ldi.

Xabaringiz bor, saralashning «D» guruhida bahs olib borgan O‘zbekiston termasi o‘z kvartetida birinchi o‘rinni egallab, qit’a birinchiligi final bosqichining dastlabki qatnashchisiga aylangandi. Biz jamoamiz delegasiyasi Toshkentga qaytib kelgach, yetakchi hujumchimiz Bobur Abduxoliqovdan intervyu oldik.

- Avvalo, Osiyo chempionati final bosqichi yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgani bilan tabriklaymiz. Uchta uchrashuvda g‘alaba - ajoyib natija. Suhbatimiz avvalida saralashga olib borilgan tayyorgarlik, o‘tkazilgan o‘yinlar haqida ma’lumot bersangiz.

- Tabrik uchun rahmat. Osiyo chempionati saralash bosqichiga avvaldan belgilangan reja asosida tayyorgarlik ko‘rdik. Xalqaro turnirlarda qatnashdik, xorij yig‘inlari tashkil etildi.

Buning mahsuli o‘laroq, ishonchli g‘alabalarga erishdik. Lekin jamoaviy o‘yinni shakllantirish bo‘yicha hali yana ishlashimiz kerak. Eng muhimi, oldimizga qo‘yilgan dastlabki vazifa bajarildi.

Qit’aning ko‘zga ko‘ringan jamoalaridan birini o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdik. Qizig‘i, BAA termasi guruhda qolib ketdi.

- Amirliklar jamoasiga qarshi kechgan muhim uchrashuvda nimaning hisobiga muvaffaqiyat qozondinglar?

- Raqibni yaxshigina o‘rganib chiqqandik. So‘nggi tur oldidan bor e’tiborni BAA termasining kuchsiz tomonlariga qaratib, o‘z o‘yinimizni shu asosda tashkil qildik. Voqealar rivoji biz xohlagandek davom etdi.

Ya’ni, raqibga qaramay, shunchaki, reja asosida to‘p surdik va yakunda chiroyli g‘alabaga erishdik. Balki o‘sha uchrashuvda uch ochko olishni biz ko‘proq xohlagandirmiz?! Mezbonlarni durang ham guruh g‘olibi sifatida Osiyo chempionati final bosqichiga olib chiqardi. Menimcha, ular shunga ishonib harakat qilishdi.

- BAAning mezbonligi ularga ustunlik taqdim etishi mumkin edi. Bu holat sizlarni o‘yindan oldin xavotirga solmadimi?

- Yo‘q, aslo. Lekin mezbon sifatida ustunlikka ega ekanliklarini bilardik. «O‘z uyingda devorlar ham yordam beradi», deyishadi-ku.

- Osiyo chempionatiga yo‘l olgan barcha termalarning nomi ma’lum bo‘ldi. Qaysi jamoa bilan bir guruhga tushmasligimizni yoki aksincha, qaysi biriga to‘qnash kelishimizni xohlardingiz?

- Eron, BAA kabi qit’amizning kuchli jamoalari Osiyo chempionatining final bosqichiga chiqa olishmadi. Bu ularning kuchsiz ekanligidan emas, aksincha, boshqa mamlakatlarda ham futbol o‘sayotganidan dalolat. Saralashda qayd etilgan natijalarni tahlil qilsangiz, shu paytgacha autsayder maqomida bo‘lib kelgan jamoalar ham avvalgidek yirik hisobda yutqazishmayapti.

Garchi Xitoy final bosqichi mezboni bo‘lsada, saralashda ishtirok etdi va o‘z uyida o‘tadigan musobaqa g‘olibligiga asosiy da’vogarlardan biri ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. Ular Yaponiyadan ustun kelishdi (2:1). Janubiy Koreya vyetnamlik futbolchilarni bazo‘r mag‘lubiyatga uchratdi  (2:1). Shundan kelib chiqib aytsam, qur’a natijasi unchalik katta ahamiyatga ega emas.

Hozirgi shakllangan tarkibimiz Osiyo chempioni bo‘lishga qodir. Shaxsan men shunday deb o‘ylayman. Futbolchilarning bari oliy liga jamoalarida muntazam o‘yin amaliyotiga ega. Qur’a bizga taqdim etgan raqiblardan kelib chiqib, federasiyamiz mutasaddilari tayyorgarlik rejasini ishlab chiqishadi.

- Terma jamoamizda murabbiylar ko‘p almashdi. Bu holatga munosabatingiz qanday?

- Bilmadim, ushbu masalada hech qanday fikr bildirolmayman. O‘FF shunday qarorga kelayotgan ekan, demak buning uchun yetarlicha asos bor. Nima bo‘lgan taqdirda ham bu o‘zgarishlar o‘z samarasini berdi.

- Ravshan Haydarovning asosiy futbol falsafasi nimadan iborat? Hujumkor o‘yinmi yoki ...?

- Ravshan Akmalovich jamoaviy o‘yinga e’tibor qaratyaptilar. Raqibga qarab taktika tanlanadi. Kerak vaziyatda hujumga o‘tiladi. Shu bilan birga himoyani ham unutmaslikni uqtiradilar. Zamonaviy futbolda hech narsa e’tibordan chetda qolmaydi.

- Terma jamoamizning kamchiliklari nimalarda ko‘zga tashlandi?

- Kamchiliklarni bilamiz. Osiyo chempionatining final bosqichiga qadar yetarlicha vaqt bor. Ana shu muddat mobaynida zaif nuqtalarni bartaraf etib boramiz.

Hujumlar juda ko‘p, ulardan yanada samaraliroq foydalanishimiz shart. Yuqorida Ravshan Haydarovning asosiy e’tiborni jamoaviy o‘yinni shakllantirishga qaratayotganini aytgandim.

O‘ylaymanki, final bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida O‘FF kuchli terma jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlarini tashkil etib beradi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 17:44, 13.08.2017.
O'qildi: 5871 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.