Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina 2-1 Monsa
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

«Barselona» – «Real»: O‘yin oldidan

«Barselona» – «Real»: O‘yin oldidan

Baho:
+-2 | -

Bugun Ispaniya va Italiyada Cuperkubok uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Ispaniyada mavsum mamlakatning ikki yirik jamoalari to‘qnashuvi bilan boshlanadi. «Kamp Nou»da «Barselona» hamda «Real» o‘rtasidadagi «el-klasiko» bahsi Superkubok uchun o‘tkazilmoqda.

Madrid jamoasi mavsumdagi ilk sovringa ega chiqib bo‘ldi. Yevropa Superkubogi uchun o‘yinda Zidan shogirdlari «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etishdi. «Barselona» ham «Shapekoense» darvozasiga 5 gol yo‘llab, Gamper kubogini qo‘lga kiritgan. 

Jamoalar mavsumoldi yig‘inlari doirasida AQSHda o‘zaro uchrashgan va o‘shanda Kataloniya jamoasi g‘alaba qozongandi. Ammo o‘shanda  «Barselona»da Neymar bor edi, «Real»da Krishtianu Ronaldu yo‘q edi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 14 avgustga o‘tar kechasi soat 01:00da boshlanadi. Javob uchrashuvi 17 avgustga o‘tar kechasi o‘tkaziladi.

Bu jamoalar o‘rtasidagi 236 El Klassiko bo‘ladi. Jamoalar 93 martadan g‘alaba qozonishgan, 49 uchrashuvda g‘olib aniqlanmagan.

Messi - Klassikolar tarixidagi eng yaxshi to‘purar (24ta goll). Keyingi o‘rinlarda Di Stefano (18) va Krishtianu (16).

Bu jamoalar keyingi 5 yilda ilk marta Superkubok bahsida maydonga tushmoqda. O‘tgan yili «Barselona» Superkubokka ega chiqqandi. O‘shanda «Sevilya» mag‘lubiyatga uchratilgandi.

Jamoalar mos ravishda 18 va 19 nafardan futbolchini qaydnomaga kiritgan:

«Barselona»: Ter Shtegen, Sillessen, Semedu, Pike, Maskerano, Alba, Din, Vidal, Umtiti, Rakitich, Buskets, Denis Suares, Roberto, Inyesta, Luis Suares, Messi, Deulofeu, Alkaser.

«Real»: Keylor Navas, Kiko Kasilya, Luka Zidan, Marselo, Serxio Ramos, Varan, Karvaxal, Nacho, Teo Ernandes, Kazemiro, Kroos, Dani Sebalyos, Marko Asensio, Kovachich, Ronaldu, Bezema, Isko, Garet Beyl, Lukas Vaskes.

Taxminiy tarkiblar:

Shuningdek, shu kechada Italiya A Seriyasida o‘tgan mavsum chempioni «Yuventus» va Italiya Kubogi finalchisi «Lasio» (rimliklar finalda Turin jamoasiga yutqazgandi) jamoalari Superkubok uchun maydonga tushadi. Bu ikki jamoa so‘nggi marta Kubok finali uchrashuvida to‘p surgan bo‘lib, unda Allegri shogirdlari 2:0 hisobida g‘alabaga erishgan. Superkubok o‘yini Rimdagi «Olimpiko» stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 19:59, 13.08.2017.
O'qildi: 23121 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.