Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza 0-1 Parma
08/12 22:00 Udineze 1-2 Jenoa
09/12 00:45 Torino 2-3 Milan
09/12 01:00 Vulverhempton 1-4 Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna 2-0 Levante
09/12 15:00 Matida Zelviya 3-1 Ulsan Xyonde
09/12 15:00 Vissel Kobe 2-2 Chengdu Rongcheng
09/12 17:15 Buriram Yunayted 2-2 Kangvon
09/12 17:15 Johor Dorul Ta'zim 0-0 Shangxay Port
09/12 20:30 Qayrat 0-1 Olimpiakos
09/12 22:45 Bavariya - Sporting
10/12 01:00 Monako - Galatasaroy
10/12 01:00 Atalanta - Chelsi
10/12 01:00 Barselona - Ayntraxt F
10/12 01:00 Inter - Liverpul
10/12 01:00 PSV - Atletiko
10/12 01:00 Tottenhem - Slaviya
10/12 01:00 Yunion - Marsel
10/12 15:00 Seul - Melburn Siti
10/12 15:00 Sanfrechche Xirosima - Shanghai Shenhua

Ispaniya superkubogi. «Real» «Kamp Nou»da g‘alaba qozondi!

Ispaniya superkubogi. «Real» «Kamp Nou»da g‘alaba qozondi!

Baho:
+ | -

Navbatdagi "el-klasiko" ham hissiyotlarga boy tarzda o‘tdi: avtogol, penalti, hakamning xatolari, qizil kartochka va albatta, chiroyli gollar.

Jamoalar birinchi bo‘limni o‘ta ehtiyotkor o‘tkazishdi. Boisi, masalan, "Barselona" uchun o‘z uyidagi o‘yinda gol o‘tkazib yubormaslik katta ahamiyatga ega edi. Tanaffusga qadar futbolchilar ko‘proq sariq kartochka olgani bilan yodda qoldi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Pike o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘yganidan keyin o‘yin butunlay ochilib ketdi. O‘sha vaziyatda Isko chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Marseloga uzatma berdi. Braziliyalik himoyachining yerlatib uzatmasini Pike, kutilmaganda, o‘z darvozasiga burib qo‘ydi.

Shundan so‘ng "Barsa" tavakkal qilib, katta kuch bilan oldinga tashlandi. Oradan 3 daqiqa o‘tar-o‘tmas Deulofeu juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Uning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi. Oradan 2 daqiqa o‘tib esa Karvaxal 100 foizli imkoniyatdan foydalana olmadi! Benzema chap tomondan jarima maydonchasiga kirib keldi va Karvaxalni to‘p bilan taminladi. Dani bo‘sh qolgan darvozaga zarba berdi, ammo Alba to‘p yo‘liga tashlandi va zarbani qaytardi!

O‘yinning 73-daqiqasiga kelib maydon egalari yaqqol vaziyatni ko‘kka sovurishdi. Denis Suares raqib jarima maydonchasi ichida ikki futbolchini aldab o‘tdi, Karvaxal uni yiqitdi. To‘p Busketsga kelib tushgani bois hakam o‘yinni to‘xtatmadi. Serxio esa 7 metrdan 7 metrli darvozani ishg‘ol eta olmadi — to‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib hakam "Real" darvozasiga bahsli penalti belgiladi. Messining zarbasidan keyin to‘p rekoshet holatda Luis Suaresga kelib tushdi. Urugvaylik futbolchi Navasni aldash chog‘ida darvozabonga urildi va yiqilishni o‘xshatdi. Belgilangan penaltini Messi aniq amalga oshirdi.

O‘yinning 80-daqiqasida Krishtianu Ronaldu chiroyli gol muallifiga aylandi! Qarshi hujumda portugaliyalik futbolchi jarima maydonchasi burchagidan zarba berib, olis yuqori burchakni ishg‘ol qildi! Futbolkani yechib golni nishonlagani uchun Ronaldu sariq kartochka oldi. Mana shu sariq kartochka va oradan 2 daqiqa o‘tib hakamning navbatdagi xatosi Krishtianuga qimmatga tushdi. U "Barsa" jarima maydonchasiga yorib kirish paytida Umtiti bilan yelkama-elka kurash paytida yiqildi. Ammo hakam bu vaziyatni simulyasiya sifatida baholadi va ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatib, Ronalduni maydondan chetlatdi.

"Madrid" bir kishi kam bo‘lib o‘ynayotganiga qaramay, raqib darvozasini yana bir marta ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.  Qarshi hujum paytida Lukas Vaskesdan uzatma qabul qilgan Marko Asensio jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli va aniq zarba bilan darvozaning yaqin yuqori burchagini ishg‘ol qildi.

1:3! Ispaniya kubogi javob uchrashuvi oldidan "Real" juda katta ustunlikka ega bo‘lib oldi va navbatdagi sovrinni qo‘lga kiritishga yaqin turibdi. 16 avgust kuni bo‘ladigan javob o‘yinida Modrich maydonga qaytadi, ammo Ronaldu jamoasiga yordam bera olmaydi.

Ispaniya superkubogi, dastlabki o‘yin
"BARSELONA" - "REAL MADRID" 1:3 (0:0)
Gollar: 0:1 – 50, avtogol Pike, 1:1 – 77, penalti Messi, 1:2 – 80 Ronaldu, 1:3 – 90 Asensio.
Barselona – ter Shtegen, Umtiti, Pike, Alba, Aleish Vidal, Rakitich (Pako Alkaser, 83), Buskets, Inyesta (Serji Roberto, 68), Deulofeu (Denis Suares, 59), Messi, Suares.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Isko, Kazemiro, Kovachich (Asensio, 68), Kroos, Beyl (Vaskes, 81), Benzema (Ronaldu, 58).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (20), Pike (27), Messi (40), Beyl (41), Karvaxal (41), Buskets (57), Navas (76), Ronaldu (80).
Chetlatish: Ronaldu (82).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:53, 14.08.2017.
O'qildi: 20473 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.