"Shanxay SIPG" bosh murabbiyi Andre Villash-Boashning fikriga ko‘ra, Paulinyoning transferi Xitoy chempionati saviyasining yuqoriligiga dalolat beradi.
Ma’lumki, "Guanchjou Evergrand" futbolchisi Paulinyo bugun "Barselona"ga 40 mln yevro evaziga o‘tgani haqida xabarlar chiqqan edi.
"Paulinyo Xitoyga kelib, o‘z ishini juda yaxshi bajardi. Endi u dunyoning eng katta klublaridan biriga o‘tmoqda.
Bu transfer top-klublarning Xitoy chempionatini kuzatib borayotganidan dalolat beradi. Bundan tashqari, bu yerdagi ishlarning sifati va futbolchilarning saviyasi yuqori ekanini ko‘rsatadi" - dedi Villash-Boash ESPN xabarida.