Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

APLning ikki top-klubi «Real»ning yetakchi yarim himoyachisiga qiziqmoqda

APLning ikki top-klubi «Real»ning yetakchi yarim himoyachisiga qiziqmoqda

Baho:
+ | -

APLning ikki yetakchi klubi Madridning «Real» jamoasi yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda.

CaughtOffside nashri manbalariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» va «Liverpul» vakillari Orelyen Tchuameni atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Qayd etilishicha, 26 yoshli fransuz futbolchisining «Real»dagi kelajagi hozircha noaniq bo‘lib qolmoqda. Bunga sabab — kelasi mavsumda «qaymoqranglar»ni kim boshqarishi hali aniq emasligi.

Ushbu mavsumda Orelyen Tchuameni «Real» safida barcha musobaqalarda 45 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, uning bozordagi transfer qiymati 75 million yevro deb baholanmoqda.

Manba: ua-football.com
Kiritildi: 22:37, 30.04.2026.
O'qildi: 2723 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик