Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol 1-0 Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

Zayniddin Zidan: «Bizni yanada qiyinroq o‘yin kutib turibdi» (matbuot anjumani haqida batafsil)

Zayniddin Zidan: «Bizni yanada qiyinroq o‘yin kutib turibdi» (matbuot anjumani haqida batafsil)

Baho:
+1 | -

Ispaniya superkubogi doirasida "Barselona"ga qarshi javob o‘yini oldidan "Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Faxr tuyg‘usi

«Futbolchilar amalga oshirgan ishdan faxrlanaman. Bunday vaziyatga yetib kelish oson bo‘lmadi. Bizda iqtidorli futbolchilardan tashkil topgan jamoa bor. Ammo buning ortida ulkan mehnat yotibdi. Yaxshi qilingan mehnat samara beradi. Bunda nafaqat murabbiylar shtabi yoki futbolchilar ishlashmoqda, balki yana ko‘pgina insonlar mehnat qilishmoqda. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. Bu uzun va qiyin mavsumning boshlanishi. Kundan-kunga qiyinlashib boraveradi».

Hakamlar haqida

«Men g‘azab qilmayman, ammo vaziyatdan hafsalam pir bo‘ldi. Hozir hakamlar ishini muhokama qilmoqchi emasman. Lekin bo‘lib o‘tgan voqeani ko‘rib chiqib Krishtianu 5ta o‘yinda ishtirok etmasligini o‘ylay boshlaysan... Bu yerda nimadir bo‘lyapti. Bu mening jahlimni chiqarmoqda. Yuzaga kelgan vaziyatdan hamma g‘azabda. Kichik vaziyat uchun u bunday jazoga munosib emasdi.

«Bo‘lar ish bo‘ldi. Lekin vaziyatni diqqat bilan kuzatib, savol berishni boshlaysan: buning uchun unga qanday qilib 5ta o‘yin berish mumkin? Umid qilaman, ishni qaytadan ko‘rib chiqishadi. Bitta narsani xohlardim — vaziyatni diqqat bilan o‘rganishsin. Diskvalifikasiya haqida o‘ylasam — jahlim chiqyapti».

«Nima bo‘lishini bilmayman. Men shunchaki o‘yinni qayta ko‘rib chiqqanimdan keyin o‘z fikrimni aytyapman. Bundan jahlim chiqishi — normal holat. Men hakam haqida gapirmayapman. Boisi, bu qiyin vaziyat va u xato qilishi mumkin.

Marko Asensioga beriladigan o‘yin amaliyoti haqida

«Beyl va Asensio yaxshi ishlashmoqda. Oldinda hali o‘yinlar ko‘p, yil davomida rotasiya bo‘ladi. Maydonga turli tarkib tushadi. Har bir futbolchi o‘ziga imkoniyat berilganida yaxshi o‘ynashi uchun harakat qilyapmiz».

Krishtianuning holati haqida

«Men Suares bilan bog‘liq vaziyatga izoh bermayman. Faqat shuni aytishim mumkinki, Krishtianu ham g‘azabda. Boisi, u o‘ynashni xohlaydi. U o‘ynamasa, bundan norozi bo‘ladi».

Jamoaning tayyorgarligi haqida

«Men o‘z jamoam va barcha futbolchilarning holatidan qoniqish hosil qilyapman. Ularning barchasi jamoada qoladi. Lekin 31 avgustgacha hamma narsa yuz berishi mumkin. Buni men nazorat qilmayman. Shuni aytishim mumkinki, ixtiyorimdagi futbolchilardan qoniqish hosil qilyapman».

Krishtianuni safdan chiqarishga urinish haqida

«Bilmayman, bu haqida o‘ylamayapman. Umid qilaman, aslida bunday emas. Hakam bu ishni toza vijdon bilan amalga oshirganiga umid qilaman. Men faqat 5ta o‘yindan iborat diskvalifikasiya haqida o‘ylayapman. U yerda buncha o‘yinga chetlatishga mos ish bo‘lmagandi. Har kim o‘z ishini bajaryapti. Men futbolchilar bilan o‘z ishimni qilyapman. Ammo Krishtianu uzoq vaqt bizga yordam bera olmasligidan barcha g‘azabda».

«Kutamiz, ertaga Qo‘mita yig‘iladi va vaziyatni muhokama qiladi. Shundan so‘ng bir qarorga kelamiz».

«Barselona»ning kambeki haqida

«Futbolda oldindan hal qilingan ish bo‘lmaydi. Oldimizda javob bahsi kutib turibdi. Uni yaxshi o‘tkazishimiz kerak. «Barsa» – ajoyib jamoa, u bizga istalgan paytda muammo yaratishi mumkin. Dastlabki o‘yinda ular bir qancha vaziyatlarni yaratishdi. Superkubokda g‘alaba qozonish uchun eng oxiriga qadar o‘ynashimiz kerak».

Jamoaning o‘yini haqida

«AQSHdagi yig‘in paytida 8 avgust kuni yaxshi o‘ynash uchun tayyorgarlik ko‘rayotganimiz haqida gapirgandik. Yakunda o‘z maqsadimizga erishdik: biz g‘alaba qozondik, xarakter namoyish qildik. Yig‘in davomida natijalarimiz yaxshi bo‘lmagan bo‘lsa-da, ajoyib ish amalga oshirildi. Hozir yangi mavsum boshlanmoqda va biz jamoaning holatidan qoniqyapmiz. Hali oldinda qiladigan ishlarimiz ko‘p, ammo biz hozircha bugun haqida o‘ylayapmiz».

«Barselona»dagi o‘zgarishlar haqida

«Ertaga ko‘ramiz. Ertaga maydonga tushadigan tushadigan jamoa yaxshi o‘ynashga va g‘alaba qozonishga harakat qiladi. Lekin biz bo‘shashmaymiz — bizni yanada qiyinroq o‘yin kutib turibdi».

Manba: realmadrid.ru
Kiritildi: 06:41, 16.08.2017.
O'qildi: 14372 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.