Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Bugun futbol. «Nasaf» – «Bunyodkor»

Bugun futbol. «Nasaf» – «Bunyodkor»

Baho:
+ | -

Bugun Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionimizda katta futbol. “Nasaf” Toshkentning “Bunyodkor” jamoasini qabul qiladi. Bu uchrashuvga bo‘lgan qiziqish juda yuqori.

Uchrashuv soat 19:30da boshlanadi. Uchrashuvda navoiylik hakam Zokirjon Qodirov  boshchiligidagi hakamlar ishlashadi.

Jamoamiz bu yil Oliy Ligada 20- ishtirokini davom ettirayapti. Bugungisi 606-uchrashuv sifatida tarix sahifalaridan joy oladi. “Nasaf” bugun chempionatdagi 340-g‘albasini nishonlashi mumkin. 

Jamoamiz bugun bu yilgi XXVI O‘zbekiston chempionatida o‘nta uchrashuvni safarda o‘tkazdi. Bo‘lajak uchrashuv uy uchrashuvlarining sakkizinchisi hisoblanadi. Jamoamiz joriy chempionatdagi uy uchrashuvlarida hali bironta klubga mag‘lub bo‘lgan emas. Ishonamizki, bugun ham shunday bo‘ladi.

Mazkur jamoalarning Qarshida bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, shu paytgacha 10 marta tuqnash kelishgan. Natijalar teng. Ya’ni jamoalar 2tadan g‘alaba va 6 uchrashuvda durang natijalarni qayd etishgan. Darvozalarga kiritilgan gollar bo‘yicha, kichik ustunlik “Nasaf” tomonida - 6:5.

Qiziqarlisi, jamoamiz Qarshida “qaldirg‘ochlar”ni so‘nggi bor 2014 yilgi chempionatda mag‘lubiyatga uchratgan. “Bunyodkor” esa Qarshida oxirgi marta 2010 yili g‘alabaga erishgan.

Shubhasiz, bugun bu natijalar yangilanadi.

O‘tgan turda jamoamiz Buxoroda maydon egalariga alamli tarzda yutqazib qo‘yishdi. “Bunyodkor” esa “Olmaliq”ni o‘z maydonida kichik 1:0 hisobida taslim etdi.

Mazkur jamoalar o‘rtasidagi birinchi davra uchrashuvida “Bunyodkor” 3:2 hisobida ustunlikka erishgan edi. Bugun “ajdarlar” bu natija tasodif ekanligini isbotlashlari talab etiladi.

Bugun nafaqat har ikkala klub murabbiylariyu, futbolchilarini balki muxlislarini ham katta sinov kutib turibdi.

Bugun “Nasaf” muxlislari stadionda 12-futbolchi rolini o‘ynashlari kerak bo‘ladi. Zero, bu qo‘llab-quvvatlash maydonga tushgan futbolchilarimizga katta dalda bo‘ladi.

Umid qilamizki, bu amalga oshadi. Chunki, jamoamizning mana shunday sadoqatli va jonkuyar muxlislari juda ko‘p.

Xullas, bugun “Markaziy”ga tashrif buyurgan muxlislar ajoyib futbol o‘yiniga guvoh bo‘lishadi. 

Shunday ekan, “Markaziy” stadionimiz Sizga muntazir, aziz klubimiz ishqibozlari!

 

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:36, 18.08.2017.
O'qildi: 5915 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.