Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Bahodir Pardayev: "Bosh murabbiy bilan munosabatimiz yaxshi emas"

Bahodir Pardayev: "Bosh murabbiy bilan munosabatimiz yaxshi emas"

Baho:
+ | -

Faoliyatini Janubiy Koreya K League Challenge divizionida davom ettirayotgan Bahodir Pardayevning ishlari uncha ham yaxshi emas. Mavsum avvalida «Bucheon 1995» bilan shartnoma tuzgan hujumchi bir necha uchrashuvki, maydonga tushmayapti.

Bahodir bu orada yurtimizga qaytish haqida ham o‘yladi va unga sobiq jamoasi - «Qo‘qon-1912»dan taklif tushdi. Biroq ba’zi sabablarga ko‘ra, qaytish amalga oshmadi. Balki Pardayev va koreys klubi bosh murabbiyi o‘rtasida tushunmovchilik bordir.

Ayni shu vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida hamon «Bucheon 1995» hujumchisi sanalayotgan hamyurtimiz bilan aloqa o‘rnatib, undan intervyu oldik.

- Bahodir, maydonga tushmay qolganingiz aynan nima bilan bog‘liq?

- Afsuski, ayni payt o‘yin amaliyotiga ega emasman. Aslida boshida hammasi yaxshi edi. Lekin kutilmagan jarohat barchasini o‘zgartirib yubordi. Vaholanki, jarohat oddiy bo‘lib, atigi bir haftacha shug‘ullanolmadim.

Biroq safga qaytishim bilan munosabat o‘zgardi va bosh murabbiy haligacha maydonga tushirmayapti. Negaligini o‘zim ham tushunolmayapman.

Menimcha, koreyalik agentimning bosh murabbiyi bilan urishib qolgani qimmatga tushdi. Aynan shu agent vositachiligida «Bucheon 1995» safiga qo‘shilgandim. Endi u tufayli qiyin vaziyatga tushib qoldim.

- Nima, bu masalada bosh murabbiyning o‘zi bilan gaplashib ko‘rmadingizmi?

- Shunday qilishni xohlardim, ammo u bilan qaysi tilda gaplashaman? Tarjimon yo‘q. Keyin murabbiyga nima deyman? Axir uni nega maydonga tushirmayotgani xususida so‘roqqa tutolmayman-ku. Yaxshisi, sabr qilganim ma’qul.

- O‘zi qanchadan buyon maydonga tushmayapsiz?

- Kamida 12ta o‘yinni zaxirada navbat kutib o‘tkazdim. Hozirgi bosh murabbiy ishlashda davom etar ekan, «Bucheon 1995»da o‘ynamasam kerak...

- Agent huquqingizni himoya qilmayaptimi? Har holda, sizni klubga joylashtirgani uchun haq olgandir...

- To‘g‘risi, o‘sha agentni sira topolmayapman - bedarak yo‘qolgan. Baxtimga, Farrux ismli agentni uchratdim va shu o‘zbek yigiti yordam beryapti. Yana nima ham qila olardim? Klub bilan amalda shartnomam bor va o‘zimcha ketolmayman.

Xullas, sabr bilan kutishdan o‘zga choram yo‘q. Ha, FIFAga shikoyat yozishni o‘yladim. Lekin bundan naf chiqishiga ishonmay, yana ozgina kutishga qaror qildim.

- Jamoa hujum chizig‘ida raqobat qanday? Balki raqobatda yutqazayotgandirsiz...

- Yo‘q, ochiq aytaman, hujumchilardan hech biri mahorat bobida mendan ustun emas. Qolaversa, raqobatdan sira qochmayman. Bu yerda umuman boshqa masala bor. Yuqorida aytganimdek, hamma gap bosh murabbiyda.

- Xo‘sh, vaziyat o‘zgarishiga ishonch bormi?

- Balki umumiy holat ijobiy tomonga o‘zgarib qolar - umid shu.

- Oldinroq O‘zbekiston chempionatiga qaytishingiz haqida xabarlar tarqalgandi...

- Ha, shunga harakat qilib ko‘rdim. Chunki takliflar ham bor edi. Lekin urinishlarim besamar ketdi. Ya’ni koreys klubi rahbariyati qo‘yib yubormadi. Endi shartnomam muddati yakuniga yetishini kutaman, shekilli.

- Avvalgi jamoangiz «Qo‘qon-1912» bosh murabbiyi No‘’mon Hasanov sizni yana o‘z shogirdlari qatorida ko‘rishga qarshi emasligini aytgandi. U bilan bu masalada gaplashdingizmi?

- «Qo‘qon-1912»dan ketayotganimda, No‘’mon aka huzuriga chaqirib, jamoa eshiklari men uchun har doim ochiqligi va bemalol qaytishim mumkinligini ta’kidlagandi. U aniq taklif bilan ham chiqdi. Bundan tashqari, oliy liganing boshqa jamoalaridan ham chorlovlar oldim. Ammo «Bucheon 1995» bilan tuzilgan shartnoma tufayli ularni qabul qilolmadim.

- Hozirgi holatni nazarda tutsak, J.Koreyaga yo‘l olganingizdan afsuslanmayapsizmi?

- Ochig‘i, bu yerga kelish qarori xato emasdi. Harqalay, Janubiy Koreya chempionatida o‘ynash - o‘ziga xos tajriba. Mana, ozmi-ko‘p maydonga tushdim, buning uchun shukr qilaman. 

- «Bucheon 1995»ning chempionatdagi ishlari qanday?

- Jamoa natijalari chakki emas. Tanaffus chog‘i tarkibga 3 nafar yangi futbolchi qo‘shildi. Ulardan biri Braziliyadan, ikkisi mahalliy futbolchi. Demak, ikkinchi davra ham yomon o‘tmasa kerak.

- «Bucheon 1995» bilan shartnomangiz qachon yakunlanadi?

- Kelishuvimiz 31 dekabrgacha mo‘ljallangan.

- Mana, JCH-2018 uchinchi saralash bosqichining hal qiluvchi o‘yinlari yaqinlashmoqda. J.Koreyada bo‘lajak bahslar nechog‘li muhokama qilinyapti?

- Albatta, muhokama bo‘layotgani aniq. Biroq koreys tilini bilmasligim tufayli aniq ma’lumot berolmayman. 

- Janubiy Koreyada to‘p surayotgan Bahodir Nasimov bilan ham gaplashib turibsizmi?

- Ha, albatta. Bahodir ham jiddiy jarohat sabab ancha qiynaldi. Hozir jarohatdan forig‘ bo‘lib, mashg‘ulotlarda astoydil ishlayapti. Fursatdan foydalanib, do‘stimga omad tilayman.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:53, 18.08.2017.
O'qildi: 4474 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.