Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Oleg Tyulkin: «Paxtakor» emas, «Dinamo» ikki ochko yo‘qotdi»

Oleg Tyulkin: «Paxtakor» emas, «Dinamo» ikki ochko yo‘qotdi»

Baho:
+ | -

Oliy liga 18-turidan o‘rin olgan «Dinamo» - «Paxtakor» (0:0) uchrashuvidan so‘ng «Dinamo» bosh murabbiyi Oleg Tyulkin jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Bugun maydonda mardonavor kurashlar va ochiq futbol guvohiga aylandik. Bunday o‘yin har qanday muxlislarga yoqadi. Chunki hech kim bugun bir-birini ayamadi, oxirigacha kurashdi. Oldingi mag‘lubiyatimizga qaramay, e’tibor bering qancha muxlis stadionga keldi. Samarqand ahli bizga ishonayotgani uchun ham bugun muxlislar uchun maydonda bor kuch va imkoniyatimizni ishga soldik. Bizni ajoyib qo‘llab-quvvatlashgani uchun ularga rahmat.

- Bugungi durangdan 1 ochko qo‘lga kiritildimi yoki 2 ochko yo‘qotildimi?

- Shubhasiz, ikki ochko yo‘qotdik. Bugun «Paxtakor»dan ko‘ra, «Dinamo» g‘alabaga yaqin edi. Ko‘rdingiz, mehmonlar aytarli vaziyatga ega bo‘lishmadi, futbolchilarimiz kuchli pressing va himoyada barqaror o‘yin namoyish etishdi. Agar birinchi bo‘limda Amirjon Safarov va Sardor Sulaymonovlar ajoyib imkoniyatlaridan foydalanishganida bugun «Paxtakor»ni mag‘lub etgan bo‘lardik. Ammo o‘sha vaziyatlarda Lobanov jamoasini qutqardi. Shunga qaramay, durang uchun ham yigitlarimizga katta rahmat deymiz. Ular ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajarishdi. Bugun «Paxtakor» emas, «Dinamo» ikki ochko yo‘qotdi.

- Bugun «Paxtakor»ga qarshi «Dinamo» ajoyib o‘yin namoyish etdi. Oldingi ochkolar yo‘qotilgan ikki o‘yinda «Metallurg» va «Sho‘rtan» bilan shunday o‘yin namoyish etishga nima to‘sqinlik qilgandi?

- Ikkinchi davra oldidan tarkibimizda o‘zgarishlar bo‘lib, to‘rt nafar yangi futbolchilar kelib qo‘shilishgandi. Shu bois biz optimal tarkibni aniqlab olishimiz qiyin kechdi.

- Farhod Tojiyev Samarqandda oldin o‘ynagan bo‘lsada, jamoa o‘yiniga moslashish qiyin kechayotgandek?

- Farhod tajribali futbolchi va jamoaga yordami tegadi. Bugun ham ikkinchi bo‘limda maydonga tushib, ko‘rsatmalarni aniq bajardi. Farhod tobora o‘yinimizga moslashib, hali o‘z so‘zini aytadi.

- Amirjon Safarov jarohat olib, maydonni erta tark etdi. Uning holati borasida nima deya olasiz?

- Amirjonning oldingi jarohati qayta qo‘zg‘alganga o‘xshaydi. Hozircha aniq ma’lumot yo‘q. Tibbiy ko‘rikdan keyin uning holati qanday ekanligi ma’lum bo‘ladi. Umid qilamanki, Amirjonning jarohati jiddiy emas. U keyingi o‘yingacha jarohatini davolatib, safga qaytishi kerak. Qolaversa, Saidjamol Davlatjonov ham «Navbahor»ga qarshi bahsda safga qaytadi.

- Oldinda «Dinamo»ni «Navbahor», «Qo‘qon-1912», «Buxoro»ga qarshi qiyin o‘yinlar kutib turibdi. Optimal tarkibni aniqlayapmiz dedingiz. Bugun namoyish etilgan ajoyib o‘yindan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, ushbu tarkib optimal tarkibga aylanadimi?

- Yo‘q, hali bunday deyishga erta. Bizda barcha 18 talik ro‘yxatimizga kirgan har bir futbolchi asosiy tarkibga kirish uchun loyiq futbolchilardir. Ularning qay biri o‘yinga yaxshiroq tayyor bo‘lsa, o‘sha tarkibga tushadi. Biz optimal tarkibni izlashda davom etamiz.

- «Dinamo»ning standart vaziyatlardan foydalanish koeffisiyenti juda pastligicha qolmoqda. Mashg‘ulotlarda bu borada ishlar to‘g‘ri olib borilayaptimi?

- To‘g‘ri aytdingiz, standart vaziyatlardan foydalanish bobida oqsayapmiz. Mashg‘ulotlarda bu borada alohida shug‘ullansakda, negadir maydonda buni ko‘rsata olmayapmiz. Xato va kamchiliklar ustida ish olib borib, ishlashda davom etamiz.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 11:07, 19.08.2017.
O'qildi: 3226 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик