Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Bavariya» rahbari: «Real» Olisening hatto bitta oyog‘ini ham sotib ololmaydi»

«Bavariya» rahbari: «Real» Olisening hatto bitta oyog‘ini ham sotib ololmaydi»

Baho:
+ | -

«Bavariya» klubi Madridning «Real» jamoasi vinger Maykl Olisega qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Taxminlarga ko‘ra, «qaymoqranglilar» fransuz uchun 150 million yevro to‘lashga tayyor. Myunxenliklar avvalroq o‘z yulduzini bunday summaga sotmasliklarini ma’lum qilishgandi, endi esa klubning ismi oshkor etilmagan rahbarlaridan biri bu borada yanada keskin va dadil fikr bildirdi.

«U hatto 200 million yevroga ham ketmaydi. Olise — bebaho; biz uni hatto 500 million yevroga ham sotmaymiz. Ochig‘ini aytsam, «Real» 150 million yevroga uning hatto bitta oyog‘ini sotib ololishiga ham ishonchim komil emas», — dedi myunxenliklar grandining anonim qolishni istagan vakili L'Equipe nashriga bergan intervyusida.

Yakunlangan mavsumda Maykl Olise «Bavariya» tarkibida barcha turnirlarda 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol va 31 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 11:24, 12.06.2026.
O'qildi: 442 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик