Madridning “Real” klubi transfer oynasi ochilishidan oldinroq tarkibni jiddiy tarzda kuchaytirib oldi. “Qaymoqranglilar” Denzel Dyumfris, Ibraima Konate va Bernardu Silva bilan kelishuvga erishishdi, shuningdek, o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini “Lion”da ijarada o‘tkazgan Endrik ham jamoa ixtiyoriga qaytadi.
Jurnalist Xorxe Pikonning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, endi “qirollik klubi” kimdirni sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi, chunki asosiy tarkibdagi barcha 25 ta o‘rin band bo‘lib ulgurgan.
Yangi mavsumdan boshlab Joze Mourinyo “Real” bosh murabbiyi etib tayinlanadi, u ketganidan 13 yil o‘tib yana jamoaga qaytdi. Yakunlangan mavsumda madridliklar birorta ham sovrin qo‘lga kirita olishmadi.













