Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua o‘z kelajagi haqida fikr bildirdi. Belgiyalik posbonning “qaymoqranglilar” bilan amaldagi shartnomasi bir yildan keyin yakuniga yetadi. May oyida darvozabon 34 yoshni qarshiladi.
“Real”da yoshing 30 dan oshganidan keyin shartnomani faqat bir yilga uzaytirishni taklif qilishadi, shuning uchun bu borada xotirjamman. Agar hozirgidek o‘ynashda davom etsam, shartnomani uzaytirishda muammo bo‘lmaydi. Ammo “Real” — juda yuqori darajadagi klub va qachondir mening o‘rnimni kim egallashi haqida o‘ylab ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Men uchun eng ideal ssenariy — faoliyatimni shu yerda yakunlash”, — deya tajribali posbonning so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.
Eslatib o‘tamiz, Tibo Kurtua 2018 yildan beri “qirollik klubi” sharafini himoya qilib kelmoqda.













