Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

To‘purarlarning "Grigoriy Fedotov klubi" 50 yoshda

To‘purarlarning "Grigoriy Fedotov klubi" 50 yoshda

Baho:
+ | -

1967 yili «Futbol» haftanomasida maxsus maqola chop etildi. Unda 100ta va bundan ko‘p gol urgan to‘purarlar ramziy klubini shakllantirish g‘oyasi ilgari surilgandi.

O‘sha vaqt «Futbol» muharriri sifatida ishlagan Lev Filatov keyinchalik bu borada shunday degandi: «1967 yilning kuzida Konstantin Yesenin tahririyatga 100ta yoki ko‘proq gol urgan futbolchilar ro‘yxatini olib keldi. O‘shandayoq ramziy klubga Grigoriy Fedotov nomini berganmiz. Chunki aynan u 1948 yili chempionat tarixida birinchi bo‘lib 100ta gol marrasiga yetgandi».

Ayni payt «Fedotov klubi»ni sobiq ittifoq terma jamoasi va «Dinamo» (Kiyev) klubi afsonaviy hujumchisi Oleg Bloxin boshqarmoqda. Uning hisobida yuqori darajada urilgan 319ta gol bor. Ro‘yxatda 3 nafar sobiq «paxtakorchi»ni ko‘rishimiz mumkin. Ramziy klubga futbolimiz vakillaridan birinchi bo‘lib Gennadiy Krasniskiy kirgan. U chempionat bahslarida 102ta, sobiq ittifoq terma jamoasi safida 1ta va kubok o‘yinlarida 7ta gol urgan. Ya’ni umumiy hisobda 110ta golga ega. Birodar Abduraimov hisobida 105ta gol bor (95tasi chempionatda, 10tasi kubokda urilgan). 1980 yillarda «Paxtakor» sharafini himoya qilgan Andrey Yakubik esa raqiblar darvozasini 117 marta ishg‘ol qilgan. U chempionat bahslarida 105ta (shundan 70tasi «Paxtakor» safida), yevrokuboklarda 3ta va kubok bahslarida 9ta gol urgan.

Vladimir Safarov.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:53, 22.08.2017.
O'qildi: 2623 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.