Osiyo Chempionlar ligasi Elit turnirida O‘zbekistonning ikki vakili — "Paxtakor" va "Neftchi"ning liga bosqichidagi o‘yinlari taqvimi ma’lum bo‘ldi.
Musobaqaning 1-turida "Neftchi" o‘z maydonida Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubini qabul qiladi. "Paxtakor" esa Toshkentda Eronning "Istiqlol" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuvlar 14-15 sentyabr kunlari o‘tkaziladi.
2-tur 12-13 oktyabr kunlariga belgilangan. Unda "Neftchi" safarda "Istiqlol" bilan, "Paxtakor" esa mehmonda "Al Ahli"ga qarshi maydonga tushadi.
26-27 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan 3-turda "Neftchi" "Eyr Fors"ni qabul qiladi, "Paxtakor" esa Krishtianu Ronaldu to‘p surayotgan "Al Nasr" bilan kuch sinashadi.
4-turda "Neftchi" "Al Nasr" mehmoni bo‘lsa, "Paxtakor" safarda "Eyr Fors"ga qarshi o‘ynaydi. Bu bahslar 2-3 noyabr kunlarida o‘tkaziladi.
23-24 noyabr kunlari 5-tur doirasida "Neftchi" "Al Hilol"ni qabul qiladi. "Paxtakor" esa "Traktor" bilan o‘z maydonida to‘qnash keladi.
6-tur 7-8 dekabr kunlari o‘tkaziladi. Farg‘onaliklar safarda "Traktor"ga qarshi o‘ynasa, "Paxtakor" "Al Hilol" mehmoni bo‘ladi.
Musobaqaning so‘nggi ikki turi 2027 yil fevralida o‘tkaziladi. 8-9 fevral kunlari "Neftchi" "Al Ittihod"ni, "Paxtakor" esa "Al Qodisiya"ni qabul qiladi.
15-16 fevral kunlariga belgilangan 8-turda esa "Neftchi" safarda "Al Qodisiya" bilan, "Paxtakor" esa "Al Ittihod"ga qarshi mehmonda bahs olib boradi.
O‘yinlar taqvimi:
1-tur, 14-15 sentyabr
"Neftchi" — "Al Ahli"
"Paxtakor" — "Istiqlol"
2-tur, 12-13 oktyabr
"Istiqlol" — "Neftchi"
"Al Ahli" — "Paxtakor"
3-tur, 26-27 oktyabr
"Neftchi" — "Eyr Fors"
"Paxtakor" — "Al Nasr"
4-tur, 2-3 noyabr
"Al Nasr" — "Neftchi"
"Eyr Fors" — "Paxtakor"
5-tur, 23-24 noyabr
"Neftchi" — "Al Hilol"
"Paxtakor" — "Traktor"
6-tur, 7-8 dekabr
"Traktor" — "Neftchi"
"Al Hilol" — "Paxtakor"
7-tur, 8-9 fevral
"Neftchi" — "Al Ittihod"
"Paxtakor" — "Al Qodisiya"
8-tur, 15-16 fevral
"Al Qodisiya" — "Neftchi"
"Al Ittihod" — "Paxtakor"













