«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Rayan Giggz Xosep Gvardiola bilan kechki ovqatda bo‘lib o‘tgan suhbatini esladi.
«Biz taxminan sakkiz kishi edik va Fergyuson meni Gvardiolaning yoniga o‘tqazdi. Bu bundan sakkiz yoki to‘qqiz yil oldin bo‘lgan. Men Pepdan: «Manchester Yunayted»da kim senga yoqadi?» deb so‘radim. U: «Sen nima deb o‘ylaysan?» deb javob berdi.
Men: «De Xeami?» deb so‘radim. U: «Yo‘q», dedi. «Lyuk Shoumi?» Yana «Yo‘q», degan javobni oldim. Shunda u: «Manchester Yunayted»ning eng yaxshi futbolchisi — Markus Reshford. Uni ertagayoq olgan bo‘lardim», dedi», — deya Giggzning so‘zlarini Daily Mail keltiradi.
Xosep Gvardiola joriy yilda «Manchester Siti»ni tark etdi. U jamoa bilan o‘n mavsum ishlagan.













