Yevropa Chempionlar Ligasining 1-turidan o‘rin olgan “Portu” va “Manchester Siti” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Bahsda “shaharliklar” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov zaxiradan maydonga tushib, ikkinchi bo‘limni to‘liq o‘tkazdi.
Husanov 48-daqiqada Yoshko Gvardiolning o‘rniga maydonga tushdi. Himoyachi jami 27 marta to‘p bilan muomala qildi. U 22 ta uzatmaning 20 tasini aniq amalga oshirdi (91 foiz aniqlik). Sofascore portali Abduqodirning harakatlarini 6,8 ball bilan baholadi.
Garchi ikkita gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, “Portu” darvozaboni Diogu Koshta uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi — 9,5 ball. Dubl muallifiga aylangan Erling Holandning harakatlari esa 8,2 ballga loyiq ko‘rildi.













