"Real Madrid" joriy yozda "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodrini sotib olish uchun 45 mln yevro taklif qilgan. Bu haqda El Chiringuito TV xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, dastlab madridliklar ispaniyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar bo‘lgan. Biroq "Manchester Siti" "Real"ning takliflarini rad etgan, keyinchalik esa "Barselona" muzokaralarga faol qo‘shilgan.
Rodri ham yakunda Kataloniya klubiga o‘tishni ustuvor variant sifatida tanlagan. AS ma’lumotiga ko‘ra, "Barselona" va "Siti" 60 mln yevro hamda 16,5 mln yevrogacha bonuslar bo‘yicha kelishuvga erishgan. Britaniya matbuoti ham "Siti" kataloniyaliklarning taklifini qabul qilganini xabar qilmoqda.
Shundan so‘ng "Real" Rodriga muqobil futbolchi izlashni to‘xtatgani aytilmoqda. Joze Mourinyo mavjud tarkib imkoniyatlaridan foydalanishi kutilmoqda.













