Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rodri «Barselona»ga o‘tganini tasdiqladi: «Bu mening orzum»

Rodri «Barselona»ga o‘tganini tasdiqladi: «Bu mening orzum»

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri faoliyatini «Barselona»da davom ettirishini tasdiqladi.

«Manchester Siti»ning tayanch yarim himoyachisi Kataloniyaga yetib kelgach, jurnalistlar bilan suhbatda o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu yerga kelganimdan juda xursandman. So‘nggi kunlar ancha tarang o‘tdi, ammo barcha masalalar hal bo‘lganidan baxtiyorman. Sizlar bilan tanishganimdan va bu yerda bo‘lganimdan mamnunman.

“Barselona” safida o‘ynash men uchun orzu edi. Jamoadoshlarim bilan tezroq uchrashishni intiqlik bilan kutyapman. Ularning ko‘pchiligini allaqachon yaxshi taniyman.

Endi ishlash va Chempionlar ligasi hamda oldinda turgan barcha musobaqalarda g‘alaba qozonish uchun bor kuchimni sarflash vaqti keldi», — dedi Rodri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Barselona» ispaniyalik futbolchi uchun «Manchester Siti»ga 60 million yevro hamda qo‘shimcha bonuslar to‘laydi.

Rodri 2026 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan va 2024 yilgi «Oltin to‘p» sohibi hisoblanadi. Ayni paytda u belida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin tiklanish jarayonini o‘tamoqda.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 08:54, 18.08.2026.
O'qildi: 2639 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик