Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xavi «afrikalik Xavi»ni maqtadi

Xavi «afrikalik Xavi»ni maqtadi

Baho:
+ | -

"Barselona" afsonasi Xavi "ko‘k-anorranglilar" safiga qo‘shilishi kutilayotgan Jane-Mishele Seri haqida ijobiy fikrlar bildirib o‘tdi.

"Nissa" safida "afrikalik Xavi" ismli futbolchi borligini bilganimda, uning ishtirokidagi ko‘p o‘yinlarni kuzata boshladim. U haqda hech narsa bilmasdim. Ammo uning xatti-harakatlarini ko‘rganimdan keyin qoyil qoldim. Axir maydon markazida o‘ynay oladigan iqtidorli futbolchini topish qiyin. Unda barcha narsa bor: uzun pas, qisqa pas, taktik jihatdan o‘yinni olib borish, olis masofadan zarba, o‘yinni tashkil qilish, sifatli so‘nggi pas.

U "Barselona" juda mos kelardi. U maydon markazining istalgan joyida o‘ynay oladi. Seri — ajoyib futbolchi. Ortiqcha maqtovlarsiz aytishim mumkinki, unda "Barselona" DNKsi bor", – dedi Xavi.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 20:25, 22.08.2017.
O'qildi: 7383 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.