Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/11 01:00 Bavariya 1-0 Benfika
07/11 01:00 Feyenoord 1-3 Zalsburg
07/11 01:00 Srvena Zvezda 2-5 Barselona
07/11 01:00 Inter 1-0 Arsenal
07/11 01:00 PSJ 1-2 Atletiko
07/11 01:00 Sparta 1-2 Brest
07/11 01:00 Shtutgart 0-2 Atalanta
07/11 13:00 Sidney 0-1 Sanfrechche Xirosima
07/11 15:00 Sebu 2-9 Muangtong Yunayted
07/11 15:00 Chonbuk Motors 1-0 Selangor
07/11 16:00 OKMK 2-2 Olimpik
07/11 17:00 Istern 1-2 Kaya–Iloilo
07/11 17:00 Lion Siti Seylors 2-3 Persib
07/11 17:00 Jechjiang 1-2 Port
07/11 18:15 Dinamo 1-2 Lokomotiv
08/11 00:45 Jenoa - Komo
08/11 18:15 Bunyodkor 0-0 Metallurg
09/11 00:45 Lechche - Empoli
09/11 01:00 Rayo Valyekano - Las-Palmas
09/11 16:00 Navbahor - Paxtakor
09/11 17:00 Nasaf - So‘g‘diyona
09/11 18:00 Real Madrid - Osasuna
09/11 18:15 Surxon - Neftchi
09/11 19:00 Venetsiya - Parma
09/11 20:00 Kristal Pelas - Fulhem
09/11 20:00 Vest Xem - Everton
09/11 20:00 Vulverhempton - Sautgempton
09/11 20:00 Brentford - Bornmut
09/11 20:15 Vilyarreal - Alaves
09/11 22:00 Kalyari - Milan
09/11 22:30 Brayton - Manchester Siti
09/11 22:30 Espanyol - Valensiya

Ibrat ol, Lukaku! Yoxud «MYU»ning eng omadli va omadsiz hujumchilari

Ibrat ol, Lukaku! Yoxud «MYU»ning eng omadli va omadsiz hujumchilari

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, «MYU» yozgi transferlar davrida o‘z safiga «Everton» hujumchisi Romelu Lukakuni qo‘shib oldi.

Shu munosabat bilan Soccer.ru «qizil iblislar» tarixidagi eng omadli va omadsiz forvardlar xaridiga nazar tashlab, belgiyalik futbolchini bundan o‘ziga yarasha ibrat olishga chaqirdi.

«MYU»NING 5ta ENG OMADSIZ HUJUMCHILAR XARIDI

5-o‘rin. Lui SAA. 2004 yil «Fulxem»dan

17,5 million yevroga

Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted» libosini kiyganiga yarim yil bo‘lgach, mankunianliklar deyarli shuncha pulni «Fulxem»ning fransiyalik hujumchisi uchun sarflashdi. Saaning «Old Trafford»dagi dastlabki ishtiroki yomon chiqmadi: 10ta o‘yinda 7ta gol urdi.

Ammo keyinchalik surunkali jarohatlar Luining sillasini quritdi. Garchi u «MYU» futbolchisi sifatida 42ta golga mualliflik qilgan bo‘lsada, turli shikastlanishlar tufayli bor iste’dodini namoyish etolmadi. Natijada to‘rt yildan so‘ng tekinga «Everton» a’zosiga aylandi.

4-o‘rin. Devid BELLYON. 2003 yili

«Sanderlend»dan 3 million yevroga

2003 yilning yozi ser Aleks uchun muvaffaqiyatli xarid bilan yodda qolgani tayin. Zero o‘shanda sotib olingan Krishtianu Ronaldu barcha ishonchni oqlagandi. Ammo ko‘pchilikning nazdida aynan shu transferlar oynasi shotlandiyalik mutaxassis uchun omadsiz kechgan. Kleberson, Erik Jemba-Jemba va Devid Belyon uchun sarflangan pullar havoga uchdi.

Ayniqsa, «Sanderlend» safida ikki mavsumda bittagina gol urgan Belyon uchun 3 million yevro ajratilishi ommani hayron qoldirdi. Chunki 20 yoshli forvard «Old Trafford»da faqat yuqori tezligi bilan yodda qoldi, xolos. Keyingi uch yilni turli klublarda ijarada o‘tkazgan Devid nihoyat, 500 ming yevroga «Nissa»ga sotib yuborildi.

3-o‘rin. BEBE. 2010 yili «Vitoriya Gimaraynsh»dan 9 million yevroga

Bebe tarixi haqiqiy ertakka aylanishi mumkin edi, ammo uning «Manchester Yunayted»dagi faoliyati o‘xshamadi. Karlush Keyrush Fergyusonni kattalar futbolida atigi bir yil to‘p surgan, bunga qadar boshpanasizlar chempionatida qatnashgan yigitcha uchun 9 million yevro sarflashga ko‘ndirdi.

Dastlabki kuzatuvlardan so‘ng Bebening «yaxshi, ammo hali xom» ekani oydinlashdi. «Qizil iblislar» libosida APLda 2ta o‘yinda maydonga tushgan futbolchi keyinchalik ijara asosida boshqa jamoalarda o‘ynadi. So‘ngra «Benfika»ga sotib yuborildi. E’tiborlisi, Lissabonda ham Bebening ishlari yurishmadi.

2-o‘rin. Radamel FALKAO. 2014 yil

«Monako»dan 8 million yevroga (ijara asosida)

Tumanli o‘lkaga katta umidlar bilan tashrif buyurgan hujumchi Manchesterda ko‘pchilik kutganidek «yo‘lbars»ga aylana bilmadi. Radamel «Monako»da jiddiy jarohat olgandi va keyinchalik Angliya klublarida o‘tgan yillari shunchaki avvalgi o‘yin hissiyotlarini qaytarishga sarflandi. Van Gal boshchiligidagi «MYU» hamda Mourinyo qo‘l ostidagi «Chelsi»da biz haqiqiy Falkaoni ko‘rmadik. U o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotgan futbolchidek tasavvur uyg‘otdi.

1-o‘rin. Diyego FORLAN. 2002 yili

«Independyente»dan 11 million yevroga

Urugvaylik mahoratli hujumchi katta ehtimol bilan yirik klubga biroz ertaroq kelib qolgandi. Yoki u Angliya futboliga moslasha olmadi. «Yunayted»dagi gollari hisobini ochib olish uchun Diyego 30ga yaqin o‘yinda maydonga tushdi.

Shu bois, uning asosiy vaqtini zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazganiga ajablanmasak ham bo‘laveradi. Keyingi ikki yarim yil shu tariqa kechdi va «MYU» Ueyn Runini xarid qilgach, o‘sha transferlar mavsumida Forlan 3 million yevro evaziga «Vilyarreal»ga ko‘chib o‘tdi.

«MYU»NING 5ta ENG OMADLI HUJUMCHILAR XARIDI

5-o‘rin. Ule-Gunnar Sulsher. 1998 yili

«Molde»dan 2,5 million yevroga

Ser Aleks «Molde»ning yosh forvardini «Manchester Yunayted»ga taklif qilganidan mutlaqo afsuslanmasa kerak. Sulsher o‘yinchilik faoliyatining keyingi davrini to‘liq «Old Trafford»ga bag‘ishlab, yuzdan ortiq to‘p kiritdi.

Jahon futboli jamoatchiligi uni eng mashhur «sehrli tayoqcha» sifatida taniy boshladi. Binobarin norvegiyalik hujumchi asosiy tarkibda ko‘p ko‘rinish bermasada, zaxiradan maydonga tushishi hamono «MYU»ning o‘yinini kuchaytirardi.

4-o‘rin. Endi KOUL. 1995 yil

«Nyukasl»dan 9,6 million yevroga

Buyuk magistr Fergyuson amalga oshirgan har jabhada ideal transfer. Darvoqe, «Old Trafford»ga qishda ko‘chib o‘tgan Endi mavsumning qolgan qismida 12ta gol urishga erishdi.

Umumiy hisobda esa, yetti yil mobaynida raqiblar darvozasini 121 marta ishg‘ol qilib, mankunianliklarning 11ta sovrin yutishlariga hissa qo‘shdi. Eng e’tiborli jihati shundaki, 30 yoshga to‘lganida «Blekbern»ga 12,2 million yevroga sotib yuborildi. Ya’ni bu borada ham «MYU»ga foyda keltirdi.

3-o‘rin. Ruud VAN NISTELROY. 2001 yili PSVdan 28,5 million yevroga

Mazkur xarid haqiqiy tavakkal edi va buni keyinchalik ser Aleksning o‘zi ham tan olgan. Tizzasidan jiddiy jarohatlangan futbolchi uchun yirik summa to‘langandi-da.

Umuman, Ruud «Manchester Yunayted» rahbariyati va ishqibozlarining shubhalanishlariga hech qanday sabab qoldirmadi: dastlabki mavsumda barcha turnirlarda 41ta gol, ikkinchisida esa - 52ta. Van Nistelroyni to‘xtatib bo‘lmadi, «qizil iblislar» libosida o‘tkazgan besh yili davomida 175ta to‘p kiritdi.

2-o‘rin. Ueyn RUNI. 2004 yili

«Everton»dan 37 million yevroga

13 yil muqaddam «MYU» 18 yoshli forvard uchun yirik summa sarflab, uning klub va terma jamoa afsonasiga aylanishiga umid bog‘lagandi. Gap «Manchester Yunayted» hamda «uch sherlar»ning eng yaxshi to‘purari haqida bormoqda.

Garchi Joze Mourinyo boshqaruvni qo‘lga olgach, Ueyn Runining «Old Trafford»dagi yulduzli davri ortda qolgan bo‘lsada, u hali keksayib qolmagan. 31 yoshida «Everton»ga qaytgan hujumchi hali futbolda hamma so‘zini aytib ulgurganicha yo‘q.

1-o‘rin. Erik KANTONA. 1992 yili

«Lids»dan 1,8 million yevroga

Birinchi o‘ringa buyuk va dahshatli Kantona munosib ko‘rildi. Fergyuson og‘ir fe’l-atvorga ega fransuzga ishonch bildirishdan qo‘rqmadi va natijada «MYU»ga sovrinlar keltiradigan futbolchiga ega bo‘ldi. Erik mo‘’jiza yaratayotgandek tasavvur uyg‘otishdan tashqari, kung-fu bo‘yicha eksklyuziv «saboq» berishni ham unutmasdi.

«Qizil iblislar» safida ko‘plab yuksak iqtidor egalari to‘p surishdi - Jorj Bestdan tortib, Krishtianu Ronaldu va Ueyn Runigacha. Ammo Kantona haqiqiy qirolga aylanib, haqli ravishda klub tarixida alohida o‘ringa ega bo‘ldi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:45, 27.08.2017.
O'qildi: 6974 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.