Kirish Ro'yxatdan o'tish

Brunu Fernandesh Reshfordga murojaat qildi

Brunu Fernandesh Reshfordga murojaat qildi

Baho:
+1 | -

"Barselona" hujumchisi Markus Reshford jamoasining Ispaniya chempioniga aylanishiga munosib hissa qo‘shdi. "Real" ustidan qozonilgan g‘alaba (2:0) kataloniyaliklarga muddatidan oldin La Liga oltin medallarini taqdim etdi.

Mazkur "el-klasiko"da Reshford jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etib, jamoasining g‘alaba golini kiritdi. Angliyalik futbolchining muvaffaqiyatiga "Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh munosabat bildirdi. 

"Tabriklayman, birodarim. Sen bunga loyiq eding", — deb yozadi Brunu Fernandesh o‘z sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Markus Reshford 2025/2026 yilgi mavsumni "Barselona" safida ijara asosida o‘tkazmoqda. Hozircha Kataloniya klubi futbolchining transferini to‘liq sotib olishi yoki olmasligi borasida rasmiy ma’lumotlar mavjud emas.

Kiritildi: 22:16, 11.05.2026.
O'qildi: 5026 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик