Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Lamin Yamal "Barselona" chempionligidan so‘ng Bellingemning so‘zlarini o‘ziga qaytardi (foto)

Lamin Yamal "Barselona" chempionligidan so‘ng Bellingemning so‘zlarini o‘ziga qaytardi (foto)

Baho:
+ | -

"Barselona" hujumchisi Lamin Yamal Ispaniya chempioniga aylangach, Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemning o‘tgan yilgi gaplarini yodga oldi.

Voqealar rivoji o‘tgan yilning kuzida boshlangan edi. O‘shanda Lamin Yamal "El-Klasiko" oldidan bir qator provokasion bayonotlar bergan, ammo uchrashuvda "Real" 2:1 hisobida g‘alaba qozongan va Yamal kuchsiz o‘yin ko‘rsatgan edi.

O‘yindan so‘ng Bellingem ijtimoiy tarmoqlarda Yamalning bayonotlariga ishora qilib: "So‘zlarning hech qanday qiymati yo‘q", — deb yozib qoldirgan edi.

Joriy mavsumning ikkinchi davrasida esa "Barselona" "Real"ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, Ispaniya chempionligini rasmiylashtirdi. Lamin Yamal jarohati sababli ushbu bahsda maydonga tusha olmagan bo‘lsa-da, stadionda jamoasi bilan birga edi.

G‘alabaning ertasiga Yamal jamoadoshlarining golni nishonlayotgani aks etgan suratni joylashtirib, Bellingemning iqtibosini so‘zma-so‘z takrorladi: "So‘zlarning hech qanday qiymati yo‘q".

Shuningdek, futbolchi o‘z postiga ko‘plab kulgi va ko‘z yoshi ifodalarini qo‘shib qo‘ygan. Mutaxassislar buni yosh yulduzning madridliklarga nisbatan o‘ziga xos "revanshi" sifatida baholashmoqda.

Kiritildi: 22:24, 11.05.2026.
O'qildi: 875 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик