Londonning «Arsenal» klubi «Real» hujumchisi Vinisius Juniorni o‘z safiga qo‘shib olish uchun 150 million yevro taklif qilishga tayyor. Bu haqda El Desmarque nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 150 million yevro — «Real» rahbariyati muzokaralarni boshlashga tayyor bo‘lgan minimal summa hisoblanadi.
Xabar qilinishicha, agar braziliyalik futbolchi «Arsenal»ga o‘tsa, uning yillik maoshi 30 million yevroga teng bo‘ladi.
Vinisiusning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Agar tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erisha olmasa, madridliklar hujumchini sotib yuborish variantini ko‘rib chiqishga tayyorligi aytilmoqda.













