Ispaniyalik sobiq futbolchi va murabbiy Eusebio Sakristan avvalroq Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlagan hujumchi Lionel Messi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Menimcha, Messining asosiy kamchiligi shundaki, u Mbappe va Vinisius kabi futbolchilarni ham maydonda piyoda yurib, keyin bitta harakat bilan uchrashuv taqdirini o‘zgartirish mumkinligiga ishontirib qo‘ydi. Ammo bunday qila oladigan yagona futbolchi — Leo», — deya Sakristanning so‘zlarini keltirmoqda Footmercato.
39 yoshli Messi 7 oktyabr kuni Argentina milliy jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi. Unda «albiseleste» Benin terma jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Messi mazkur bahsda bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.













