Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo
10/10 00:00 Malaga - Espanyol
10/10 16:30 Arsenal - Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon
10/10 19:00 Aston Villa - Brentford
10/10 19:00 Chelsi - Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich - Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend - Brayton
10/10 19:15 Alaves - Atletiko
10/10 21:30 Man. Yunayted - Tottenhem
10/10 21:30 Barselona - Xetafe
11/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal

«Real»dagi bu muammoni Mourinyo ham hal qila olmadi

«Real»dagi bu muammoni Mourinyo ham hal qila olmadi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa ichidagi jiddiy muammolarni hal qilishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

The Touchline nashrining RMC Sport ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, ayni paytda «Real» kiyinish xonasida keskin muhit hukm surmoqda. Jamoa ichidagi vaziyat hatto «muzdek sovuq» deb ta’riflanmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim futbolchilar o‘rtasida munosabatlar yaxshi emas va ular bir-biri bilan chiqisha olmayapti.

Mourinyu bosh murabbiylik lavozimiga kelganidan so‘ng ham ushbu muammoni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lmagan.

Ta’kidlanishicha, bunday kelishmovchiliklar Xabi Alonso va Alvaro Arbeloa jamoani boshqargan davrlarda ham mavjud bo‘lgan.

So‘nggi vaqtlarda «Real» ichidagi vaziyat Kilian Mbappening maydon tashqarisidagi xatti-harakatlari sababli yanada keskinlashgan.

Manbaga ko‘ra, Mourinyu fransiyalik hujumchi bilan shaxsan suhbat o‘tkazib, undan o‘zini bosiqroq tutishni so‘ragan.

Shu tariqa, portugaliyalik mutaxassis oldida nafaqat jamoaning maydondagi natijalarini yaxshilash, balki futbolchilar o‘rtasidagi munosabatlarni ham tartibga solish vazifasi turibdi.

Eslatib o‘tamiz, «Real» Ispaniya La Ligasidagi navbatdagi uchrashuvini 10 oktyabr kuni «Vilyarreal»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 16:44, 08.10.2026.
O'qildi: 2846 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик