Madridning «Real» klubi «Manchester Yunayted» yoshlar jamoasida to‘p tepayotgan 16 yoshli Jey-Jey Gabriel uchun kurashda «Barselona»dan ustunlikka ega bo‘lib turibdi.
Bir necha hafta avval yosh angliyalik futbolchi «Manchester Yunayted»ni tark etib, Ispaniyaga ko‘chib o‘tishni xohlayotgani ma’lum bo‘lgan edi.
Iste’dodli futbolchiga Ispaniya La Ligasining ikki yirik klubi — «Real» va «Barselona» darhol qiziqish bildirgan.
The Guardian nashri xabar berishicha, ayni paytda Madrid klubi Gabrielni qo‘lga kiritish uchun kurashda kataloniyaliklardan o‘zib ketgan.
Jey-Jey Gabrielga Myunxenning «Bavariya» klubi ham da’vogarlik qilmoqda.
Germaniya klubi vakillari allaqachon futbolchining yaqinlari bilan uchrashuv o‘tkazgan.













