Ispaniya milliy terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi David Silva «Barselona» hozirgi o‘yin sur’atini saqlab qolsa, Madridning «Real» klubi unga yetib ola olmasligini ta’kidladi.
Silva kataloniyaliklarning so‘nggi yillardagi o‘yini va jamoa tarkibining kuchaytirilishini yuqori baholadi.
«Agar «Barselona» shu ruhda davom etsa, «Real»ning unga yetib olishi imkonsiz bo‘ladi.
«Barselona» juda yuqori saviyada o‘ynamoqda. Jamoa bir necha yildan buyon ushbu murabbiy qo‘l ostida ajoyib futbol namoyish etyapti va tarkibini ham juda yaxshi kuchaytirdi.
Agar ular shu darajani saqlab qolishsa, hech kim ularga raqobat qila olmaydi», — dedi David Silva COPE radiosi efirida.













