Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Manchester Siti»ning moliyaviy qoidabuzarliklar bilan bog‘liq ishiga kinoya bilan munosabat bildirdi.
Avvalroq Angliya Premyer-ligasining mustaqil komissiyasi «Manchester Siti»ni moliyaviy qoidalarni ko‘plab holatlarda buzganlikda aybdor deb topgani xabar qilingan edi.
Manchester klubi esa oktyabr oyi boshida ushbu qaror yuzasidan apellyasiya shikoyati berdi.
Mourinyuning fikricha, mazkur ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinishi uchun hali ancha vaqt talab etilishi mumkin.
Portugaliyalik mutaxassis Corriere dello Sport nashriga bergan intervyusida ushbu vaziyatni hazil aralash izohladi.
«Manchester Siti» ishimi? Men bu masalaning ustidan biroz kulishni afzal ko‘raman.
O‘ylaymanki, oxir-oqibat qandaydir xulosaga kelinadi. Biroq men allaqachon 60 yoshdan oshganman. Shuning uchun yakuniy hukmni ko‘rishga umrim yetishi uchun omadim kelishi kerak.
Avval qaror chiqadi, keyin apellyasiya beriladi... Bu ishlar tugagunicha men 80 yoshga kirib qolaman», — dedi Mourinyu.
Ma’lumot uchun, Joze Mourinyu 2027 yilning 26 yanvarida 64 yoshga to‘ladi.
U boshqarayotgan «Real» Ispaniya chempionatidagi navbatdagi uchrashuvini 10 oktyabr kuni «Vilyarreal»ga qarshi o‘tkazadi.













