Hozirda MLS’ning «Vankuver Uaytkeps» klubida to‘p surayotgan «Bavariya» va Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Tomas Myuller deyarli 17 yillik turmushidan so‘ng rafiqasi Liza bilan ajrashganini e’lon qilganidan bir necha hafta o‘tib, yangi munosabatlarni boshladi. Bu haqda BILD xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 36 yoshli futbolchining yangi sevgilisi 26 yoshli fransiyalik Yeva Rouz Bitbol bo‘ldi.
BILD nashrining ta’kidlashicha, Myuller va Bitbol Jahon chempionati finali vaqtida AQSHda birga bo‘lishgan, shuningdek Sharlottda o‘tkazilgan MLS Yulduzlar o‘yiniga ham tashrif buyurishgan.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Tomas Myuller deyarli 17 yillik turmushdan so‘ng rafiqasi Liza bilan ajrashganini tasdiqlagan edi. Ushbu juftlik Germaniya futbolidagi eng mustahkam oilalardan biri hisoblanardi.













