Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Vinisiusga yiliga 22 million yevro ham kamlik qildi

Vinisiusga yiliga 22 million yevro ham kamlik qildi

Baho:
+-1 | -

Madridning «Real» klubi braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorga shartnomani uzaytirish bo‘yicha yangi taklif bilan chiqdi. ESPN xabariga ko‘ra, Jahon chempionati yakunlangach, klub deyarli bir yildan beri to‘xtab qolgan muzokaralarni qayta tiklagan.

Manbaning xabariga ko‘ra, Ispaniya klubi moliyaviy shartlarni yaxshilagan. Endilikda Vinisiusga yiliga 22 million yevro miqdorida maosh taklif qilinmoqda, vaholanki ilgari bundan kamroq summa haqida gap borgan edi.

Biroq bu taklif ham futbolchini qoniqtirmayapti. Xabar qilinishicha, 26 yoshli braziliyalik futbolchi bir mavsum uchun 30 million yevro atrofida maosh olishni mo‘ljallamoqda. Hozirda uning yillik maoshi taxminan 17,5 million yevroni tashkil etadi.

Vinisiusning «Real» bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan. Agar kelishuv uzaytirilmasa, futbolchi allaqachon yanvardan boshlab boshqa klublar bilan muzokaralar olib borishi va dastlabki shartnomani imzolashi mumkin bo‘ladi.

ESPN ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining o‘zi va uning vakillari bo‘lajak kelishuvni uning faoliyatidagi eng asosiy shartnoma deb hisoblashmoqda. Shu sababli ular «Real» nafaqat futbolchining yoshini, balki uning 2018 yilda klubga o‘tganidan beri jamoa muvaffaqiyatlariga qo‘shgan hissasini ham inobatga olishini kutishmoqda.

Kiritildi: 06:41, 04.08.2026.
O'qildi: 3185 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик